Hujjat 22.09.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 22-sentabrdagi 187 (6622)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-sentabr,
OʻRQ-409-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
botanika kolleksiyasi ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan,yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan toʻplami(gerbariylar, urugʻlar) hamda sunʼiy yaratilgan sharoitlarda (botanika bogʻlarida, dendrologiya bogʻlarida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, oʻtsimonlar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suvoʻtlar, lishayniklar va zamburugʻlar;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, poʻstloq, barglar, gʻunchalar, gullar, urugʻlar, mevalar, sharbat (yelim) va boshqa mahsulotlar;
oʻsimlik dunyosi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda oʻsadigan yoki sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklar majmui;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish — oʻsimlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni taʼminlashga, uning yoʻq qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli taʼsir koʻrsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar — oʻsimlik dunyosini saqlab qolish, tiklash,takror koʻpaytirish va undan oqilona foydalanishga, u oʻsadigan muhitni saqlab qolishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.
4-modda. Oʻsimlik dunyosiga nisbatan mulkchilik
Oʻsimlik dunyosi umummilliy boylik boʻlib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
Tabiiy muhitda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar davlat mulkidir.
Sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlishi mumkin.
5-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlari
Oʻsimlik dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning yashash faoliyati mahsulotlari;
botanika kolleksiyalari.
6-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish borasida oʻzlariga tegishli boʻlgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasini tartibga solish
7-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normalarni davlat tomonidan belgilash;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
8-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yetishtiriladigan pitomniklar va plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi toʻgʻrisidagi nizom”ning 10, 11-bandlari.
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;
biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va tasdiqlaydi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatish normalarini tasdiqlaydi;
tegishli hududda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xulosalar beradi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish
15-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlarini belgilash;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish;
oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitning muhofaza qilinishini tashkil etish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;
xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida oʻsimlik dunyosiga zararli taʼsir koʻrsatilishining yoki uning yoʻq qilib yuborilishining oldini olish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish;
botanika bogʻlarini va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish;
oʻsimlik dunyosini himoya qilish, karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, oʻsimliklar kasalliklarini va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda yoʻq qilish boʻyicha karantin tadbirlarini oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish hamda oʻsimlik dunyosi monitoringini amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish,oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri
Oʻsimlik dunyosining muhofaza qilinishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash uchun oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi vazirliklar,idoralar hamda tashkilotlar Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga tekin taqdim etadi. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur axborotning turlari, hajmlari va uni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosining muhofaza qilinishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini, oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini, oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
17-modda. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarini muhofaza qilish
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritiladi.
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining soni kamayib ketishiga yoki ularning oʻsadigan muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Botanika bogʻlari
Oʻsimlik dunyosini va uning genetik fondini saqlab qolish, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlarini sunʼiy yaratilgan sharoitlarda oʻrganish, iqlimga moslash va takror koʻpaytirish, ilmiy, oʻquv hamda taʼlim ishlarini olib borish, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bilimlarni targʻib qilish maqsadida botanika bogʻlari tashkil etilishi mumkin.
Botanika bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik botanika bogʻlariga boʻlinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Botanika bogʻlari hududida ushbu bogʻlarni tashkil etish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan va oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi faoliyat taqiqlanadi.
19-modda. Dendrologiya bogʻlari
Sunʼiy yaratilgan sharoitlarda oʻsimliklarning xilma-xil turlarini saqlab qolish hamda ularni oʻrganish, ulardan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy,rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish boʻyicha ilmiy faoliyat yuritish uchun dendrologiya bogʻlari tashkil etilishi mumkin.
Dendrologiya bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bogʻlariga boʻlinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dendrologiya bogʻlari hududida ushbu bogʻlarni tashkil etish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan va oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi faoliyat taqiqlanadi.
20-modda. Oʻsimlik dunyosini takror koʻpaytirish
Oʻsimlik dunyosini takror koʻpaytirish yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining tabiiy muhitda oʻsishi uchun qulay sharoitlar yaratish yoki ularni sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosini takror koʻpaytirish oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali taʼminlanadi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosining tabiiy ravishda takror koʻpayishi va tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarini sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish va ularni ekish.
Oʻsimlik dunyosini takror koʻpaytirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitni muhofaza qilish
Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitga taʼsir koʻrsatadigan faoliyati oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollar oʻtlatiladigan hamda qishloq xoʻjalik hayvonlari haydab oʻtiladigan joylarni belgilash tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishib olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga javob bermaydigan ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qoʻllash taqiqlanadi.
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsish stimulyatorlarini, mineral oʻgʻitlarni va boshqa preparatlarni qoʻllash chogʻida oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitni muhofaza qilishga doir talablar hisobga olinishi kerak. Oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhit yomonlashishining oldini olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar mazkur preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash qoidalariga rioya etishi shart.
Oʻsimliklarni ular oʻsadigan muhitda oʻzboshimchalik bilan yoʻq qilib yuborish, shu jumladan yoqib yuborish taqiqlanadi.
22-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini va botanika kolleksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tabiatni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida,Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga gʻayriqonuniy ravishda olib kirishga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan gʻayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chogʻida ushlab qolingan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shuningdek ularning qismlari, yashash faoliyati mahsulotlari va botanika kolleksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qoʻyilishi lozim.
23-modda. Oʻsimlik dunyosi monitoringi
Oʻsimlik dunyosi monitoringi Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining tarkibiy qismi boʻlib, oʻsimlik dunyosi va u oʻsadigan muhit holatining maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuvlaridan, undagi oʻzgarishlarni aniqlash, uni baholash hamda prognoz qilishdan iboratdir.
Oʻsimlik dunyosi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat davlat, idoraviy, ishlab chiqarish hamda jamoatchilik nazorati tarzida amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat davlat oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, davlat boshqaruvi organlariga qarashli tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunlari.
25-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni, shuningdek u oʻsadigan muhitning muhofaza qilinishini hamda holati yaxshilanishini taʼminlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablar
26-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy talablar
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy talablar quyidagilardan iborat:
oʻsimlik dunyosining turlari xilma-xilligini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish;
oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitni saqlab qolish;
oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni tiklash va takror koʻpaytirish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tarqalishini va sonini tartibga solish.
27-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni kelishib olish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Oʻsimlik dunyosining holatiga taʼsir koʻrsatadigan faoliyatga doir talablar
Oʻsimlik dunyosining holatiga taʼsir koʻrsatadigan faoliyat oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
29-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish
Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim:
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari, amalga oshirilishi oʻsimlik dunyosining holatiga yoki uning oʻsadigan muhitiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan rejadan oldingi, loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joyga koʻchirish va duragaylash ishlariga doir loyihalar;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, ularning oʻsish stimulyatorlari, mineral oʻgʻitlar va boshqa preparatlar.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat ekologik ekspertizasi ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizom.
5-bob. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
30-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul, hayotiy zarur ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun cheklangan hajmlarda ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining beshinchi, oltinchi, yettinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunda belgilangan tartibda,tasdiqlangan kvotalar doirasida beriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga berilishi mumkin.
31-modda. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan ajratib olish
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish borasidagi buzilgan huquqlarining tiklanishi va oʻzlariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarga va ularning yashash faoliyati mahsulotlariga nisbatan mulk huquqiga egadir.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlariga rioya etishi;
foydalanishga berib qoʻyilgan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanishi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va takror koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek biriktirilgan hududlarda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy va (yoki) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishi;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yongʻin xavfsizligiga rioya etishi va yongʻinga qarshi tadbirlarni amalga oshirishi, yongʻinlar chiqqan hollarda esa ularni oʻchirish choralarini koʻrishi;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida kiritishi;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, oʻsimliklar kasalliklarini va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida oʻsimlik dunyosi holati ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar oʻtkazishi, ular aniqlanganda esa topilgan oʻchoqlarni tugatish choralarini koʻrishi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;
boshqa oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmasligi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash;
chorva mollarni oʻtlatish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar texnik xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar dorivor xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash;
daraxtlar va butalarni kesish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining tarqalishini va sonini tartibga solish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirish va duragaylash;
botanika kolleksiyalarini yaratish va toʻldirib borish.
Qonun hujjatlarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish ushbu maqsadlar uchun ularga maxsus berib qoʻyilgan tabiiy pichanzor va yaylov joylarda amalga oshiriladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlashga va chorva mollarni oʻtlatishga:
davlat oʻrmon fondining tabiiy pichanzor va yaylov joylarida — oʻrmon biletlari boʻyicha;
yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning va yer uchastkalari mulkdorlarining yer uchastkalarida — ularning roziligi boʻyicha;
aholi punktlarining (shaharlarning, shaharchalarning va qishloq aholi punktlarining) yerlarida va zaxiradagi yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish ularga biriktirilgan ov qilish va (yoki) baliq ovlash joylarida oʻsimlik dunyosi obyektlarini ular oʻsadigan muhitdan ajratib olmagan, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
36-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy isteʼmol uchun yigʻish va tayyorlashga umumiy foydalanish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yoʻl qoʻyiladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
37-modda. Daraxtlar va butalarni kesish
Davlat oʻrmon fondi yerlaridagi daraxtlar va butalarni kesish oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq, oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari hisobga olingan holda berilgan oʻrmon biletlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida kesish hamda binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda kesish tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari taʼsirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga koʻra haq toʻlamasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanishga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ularning oʻsadigan muhitidan ajratib olmagan yoki ajratib olgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus yer uchastkalari ajratilishi mumkin, bu yer uchastkalarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi, agar bu ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish maqsadlariga muvofiq boʻlmasa, cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
39-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ularning oʻsadigan muhitidan ajratib olmagan yoki ajratib olgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan ahamiyatli, shuningdek shifobaxsh va sogʻlomlashtirish xususiyatiga ega boʻlgan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishga oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi.
41-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining tarqalishini va sonini tartibga solish
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining (shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy ravishda bosib ketadigan zaharli, giyohvand moddali, karantindagi oʻsimliklar, begona oʻtlar hamda boshqa oʻsimliklarning) tarqalishini va sonini tartibga solish yovvoyi holda oʻsuvchi boshqa oʻsimliklarga, ularning oʻsadigan muhitiga va oʻzga tabiatni muhofaza qilish obyektlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan usullar bilan amalga oshiriladi.
Tarqalishi va soni tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlari, shuningdek ushbu tartibga solish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
42-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirish va duragaylash
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xulosalari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qaroriga koʻra ilmiy va xoʻjalik maqsadlarida yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Botanika kolleksiyalarini yaratish va toʻldirib borish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan botanika kolleksiyalarini yaratish hamda toʻldirib borishga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy yoki estetik ahamiyatga molik botanika kolleksiyalari davlat hisobiga olinishi lozim. Botanika kolleksiyalarining davlat hisobiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Botanika kolleksiyalarini yaratuvchi hamda toʻldirib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish qoidalariga rioya etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
44-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini,oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan kvotalar;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa normalari va normativlari ham belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi (ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning barcha turlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning barcha turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar va butalarni kesish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish uchun tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yogʻoch olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez oʻsadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
46-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash va taqiqlash
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bu oʻsimlik turlaridan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini inobatga olgan holda cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek oʻrmonlardan, suvdan foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
47-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Oʻsimlik dunyosi muhofaza qilinishini taʼminlash uchun oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga doir talablar va shartlar buzilganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilmaganda.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
foydalanishning belgilangan muddati oʻtganda;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimlik dunyosining yashash faoliyati uchun qaytarib boʻlmaydigan oʻzgarishlar va sharoitlarining yomonlashuvi tahdidi yuzaga kelganda, oʻsimlik dunyosi yoʻq qilib yuborilganda yoki unga boshqa zararli taʼsir koʻrsatilganda;
yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
Qonun hujjatlarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin:
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Gʻayriqonuniy ravishda yigʻilgan va tayyorlangan oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib qoʻyish
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda yigʻilgan hamda tayyorlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar va ularning yashash faoliyati mahsulotlari, shuningdek yaratilgan hamda toʻldirilgan botanika kolleksiyalari olib qoʻyilishi lozim, ularni olib qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda esa ularning qiymati aybdor shaxslardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Zararning oʻrnini qoplash
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Zararning oʻrnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Nizolarni hal etish
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 440-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 01.03.2024-y., 03/24/916/0167-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son