|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Shahrisabz shahrining tarixiy maydonida qurilayotgan majmualardan samarali foydalanish, ularning tarixiy-arxitekturaviy va turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlashga har tomonlama ko‘maklashish, hunarmandlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 8-son, 82-modda) 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Tijorat banklariga:
buyurtmachilarga hamda Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish uchun jalb etilgan pudrat tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkalar bo‘yicha kreditlar ajratish;
Shahrisabz shahrining tarixiy maydonida qurilgan tadbirkorlik obyektlarini sotib olish uchun tadbirkorlar va hunarmandlarga 15 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkalari bo‘yicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-sentabr,
294-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 37-son, 431-modda)