Hujjat 06.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Koʻchirma]
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1712-6]
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 12-martdagi 15/1-5430-sonli xatiga asosan Kengashning 2007-yil 3-sentabrdagi 01-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1712, 2007-yil, 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 370-modda) 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-may,
1-son
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2016-yil 25-maydagi 1-sonli qaroriga
1-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 13-banddagi “rejasini” va “rejalarining” degan soʻzlar tegishlicha “dasturini” va “dasturlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 16-banddagi “rejasi” degan soʻz “dasturi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 1-ilova quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgandan keyingi davrda aniqlangan, u faoliyat koʻrsatgan vaqtda yoʻl qoʻyilgan qonun hujjatlari talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazorat qilish.”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 262-modda; 2017-y., 19-son, 349-modda)