Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oldingi tahrirga qarang.
1. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, “OʻzGASHKLITI” MCHJ, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Turizm qoʻmitasi va Madaniy meros agentligiga idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) sotib olish, olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-may,
150-son