|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.06.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-sonli “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2016-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksportga yetkazib berishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“2016-yil 1-iyuldan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilishni yuklarni avtomobil transporti bilan xalqaro tashishlarni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga tegishli avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat berilsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-aprel,
100-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 131-modda)