|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.04.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1996-yil 4-yanvardagi 1354-son Farmonga qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chorva va parrandani Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga noqonuniy olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 7-ilovasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi, IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shahar va tumanlarining hokimlari mazkur Farmonning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
4. Ushbu Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
PF-1410-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 27-modda)