Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-sonli Farmoni ijrosini bajarish hamda nogironlar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 07/19/4290/2959-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
markaziy apparat tuzilmasida — hududiy moliya bosh boshqarmasida boshqaruv xodimlari soni 3 nafardan iborat bo‘lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’basini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 2-3 nafardan iborat bo‘lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’basini;
tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 1 nafar, ishlab chiqarish xodimlarining soni fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish xodimiga biriktiriladigan fuqarolar sonidan kelib chiqib, o‘rnatilgan shtat normativlariga muvofiq muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish shu’balarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 07/19/4290/2959-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidan o‘tkazilayotgan reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish muassasalarining kadrlar tarkibini tibbiyot muassasalarini optimallashtirish natijasida bo‘shayotgan tibbiyot xodimlari hisobidan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 1 — 7-ilovalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-fevral,
PQ-2499-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 9-son, 86-modda; 2017-y., 11-son, 152-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 07/19/4290/2959-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)