Hujjat 09.03.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida xavfli yuklarni tashish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Radioaktiv chiqindilar oʻz vaqtida chiqarib tashlanishi va koʻmilishini taʼminlash, shuningdek radiologik tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezlikda tugatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi respublika hududi boʻyicha avtomobil transportida radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar tashilayotganligi, shuningdek radioaktiv chiqindilar koʻmilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Axmedbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-fevral,
56-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar qoʻshilsin:
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanishga moʻljallanmagan, tarkibida solishtirma aktivligi 74 kBk/kg dan ortiq darajali radionuklidlar mavjud boʻlgan va Xavfli yuklar tasnifi boʻyicha 7-darajaga tegishli boʻlgan har qanday agregat holatidagi modda;
past aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 103 kBk/kg dan kam boʻlgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,001 m Gr/ch dan 0,3 mGr/ch gacha boʻlgan chiqindilar;
oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan 107 kBk/kg gacha boʻlgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,3 mGr/ch dan 10 mGr/ch gacha boʻlgan chiqindilar;
yuqori aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan ortiq boʻlgan va gamma — nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 10 mGr/ch dan ortiq boʻlgan chiqindilar”;
oʻn yettinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma birinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 50-bandning birinchi xatboshida “alohida xavfli yuklarni” soʻzlaridan keyin past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 51-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, faqat ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari hamrohligida (yuridik shaxslarning qurolli soqchilari hamrohligida) va xavfli yuklar Yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXB, Toshkent shahar Ishchi ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ishchi ishlar boshqarmalari)ning avtomotransport vositalari hamrohligida tashishga yoʻl qoʻyiladi”;
g) 54-bandning birinchi xatboshida “Xavfli yuklarni tashishda” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 57-bandning ikkinchi xatboshida “xavfli yuklarni tashishga” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
e) 89-bandning birinchi xatboshida “Xavfli yuklarni tashishda” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilovada birinchi va ikkinchi pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1.

Ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma

Ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, avtomobil transportida tashish

Yuritishida avtomobil yoʻllari
boʻlgan yuridik shaxslar,
Ichki ishlar vazirligi

2.

Ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemasini kelishish

Ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, avtomobil transportida tashish va ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma olish

Ichki ishlar vazirligi

.

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-son qaroriga
2-ILOVA
Respublika hududi boʻylab avtomobil transportida radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar tashilishi, shuningdek radioaktiv chiqindilar koʻmilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish
SXEMASI
Izoh: sxemada quyidagi qisqartirishlar qabul qilingan: INM — ionlashtiruvchi nurlanish manbai; RM — radioaktiv modda; RACh — radioaktiv chiqindilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)