|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAqIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan o‘z kuchini yo‘qotdi
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda 1-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta’minot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan to‘lanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari”;
2) 3-modda 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan o‘zlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan daromadlardan xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalariga o‘tkazadigan summalar, shuningdek davlat budjetidan qisman yoki to‘liq ta’minlanadigan madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga o‘tkaziladigan summalari”;
4) 4-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. quyidagilar ham daromad solig‘i to‘lashdan batamom ozod qilinadilar:
a) xorijiy davlat diplomatiya vakolatxonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega bo‘lgan boshliqlari va a’zolari, ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha;
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining ma’muriy-texnikaviy xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan hamda diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha;
v) mazkur vakolatxonalar xizmatchi xodimlari tarkibiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari bo‘yicha:
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining u xizmatchilari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari bo‘yicha;
d) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha;
5) 13-moddaning 1-bandidagi “8-moddaning 2-bandidagi” degan so‘zlar “8-moddaning 1-bandidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning 3-bandi quyidagi mazmunda bo‘lgan xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan ro‘yxat bo‘yicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning daromadlaridan daromad solig‘i mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qo‘yadigan qatiy miqdorlarda undiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
522-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)