O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 17-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 va 2017-yillar mobaynida:
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlasin;
zarur bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 21-yanvardagi 14 (6449)-sonida e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-yanvar,
O‘RQ-400-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3(I)-son, 31-modda)