1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-yanvarda 2749-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-dekabr,
20-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-dekabr,
39-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-dekabr,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qaroriga ILOVA
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolarning roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar quyidagi hujjatlar asosida Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga (bundan buyon matnda Fuqarolar roʻyxati deb yuritiladi) kiritiladi:
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjat.
Bunda fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma (harbiy bilet) va pensiya guvohnomasi nusxalari mudofaa ishlari boʻlimlariga fuqaro tomonidan topshiriladi. Fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat esa (arxiv muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotnoma) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli arxiv muassasalaridan, zarur hollarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning tegishli organlaridan rasmiy ravishda olinadi.
2. Fuqaro vafot etganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketganda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladi.
2-bob. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish
3. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirishni tashkil etishda:
a) mudofaa ishlari boʻlimlari:
fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qiladi va oʻrganib chiqadi;
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjatni tegishli organlardan soʻrab oladi;
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tegishli mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboradi;
Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxsga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan shaxsning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi qaytarilishini taʼminlaydi;
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolar hisobini tegishli hudud boʻyicha yuritadi;
b) mudofaa ishlari boshqarmalari:
har yili 1-yanvarga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan, Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarorni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar oʻrtasida muntazam ravishda bunday shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va boshqa muhim masalalarni tushuntirish boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
har yili 1-fevralga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, umumlashtiradi hamda ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlaydi va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, uni 2 kun ichida mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi;
har yili 15-dekabrga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda boʻlimda hisobda turgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan vafot etgan shaxslar haqidagi maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi;
d) ichki ishlar organlari:
har yili 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar boʻyicha maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi.
4. Fuqarolar roʻyxatiga kiritish va/yoki undan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjatlar Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, saqlash uchun belgilangan tartibda tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.
5. Hujjatlarni oʻrganish mobaynida fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi tasdiqlanmagan taqdirda, uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etiladi.
3-bob. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib berish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qarori kuchga kirgandan soʻng, u 2 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligiga, shuningdek mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga yuboriladi.
7. Mudofaa ishlari boʻlimlari yuborilgan qarorga asosan 10 kun ichida Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan fuqarolarga berilgan guvohnomalarning qaytarilishini taʼminlaydi.
8. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomadan faqat oʻz nomiga guvohnoma rasmiylashtirib berilgan fuqaro foydalanadi va u shaxs Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgunga qadar amal qiladi.
9. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma oʻrniga uning egasining arizasiga koʻra 10 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib beriladi.
Guvohnoma dublikati yangi blankada uning yuqori oʻng burchagida “Dublikat” deb yozilgan holda guvohnomaning aslida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida rasmiylashtiriladi.
Yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib berilganda, yaroqsiz holga kelgan guvohnoma tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga qaytariladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
10. Shaxs Fuqarolar roʻyxatiga kiritilganda yoki uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etilganda, u bu haqda tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan yozma ravishda xabardor qilinadi.
11. Fuqaro oʻzining Fuqarolar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
12. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
N A M U N A
________________ viloyati mudofaa ishlari boshqarmasiga
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida __________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha MAʼLUMOT
T/r
Fuqaroning F.I.O.
Tugʻilgan yili
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish (undan chiqarish) sababini tasdiqlovchi hujjat va uning rekvizitlari
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish va/yoki chiqarish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat
Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar
1.
...
Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar
1.
...
_________________ tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
___________________________ (harbiy unvoni va familiyasi)
________________ (imzo)
M.Oʻ.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
N A M U N A
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolarning hisobini yuritish JURNALI
T/r
Fuqaroning F.I.O.
Tugʻilgan yili
Yashash manzili
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat
Fuqaroga berilgan guvohnomaning seriyasi va tartib raqami
Fuqarolar roʻyxatidan chiqarish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat
Izoh
1.
2.
...
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
N A M U N A
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasiga
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida __________________ viloyati boʻyicha MAʼLUMOT
T/r
Fuqaroning F.I.O.
Tugʻilgan yili
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish (undan chiqarish) sababini tasdiqlovchi hujjat va uning rekvizitlari
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish va/yoki chiqarish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat
Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar
1.
...
Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar
1.
...
_________________ viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi
___________________________ (harbiy unvoni va familiyasi)
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
N A M U N A
________________ viloyati mudofaa ishlari boshqarmasiga
20___ yil 1-yanvar — 15-dekabr mobaynida vafot etganligi sababli yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatidan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida __________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha MAʼLUMOT
T/r
Fuqaroning F.I.O.
Tugʻilgan yili
Fuqaroning vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat va uning rekvizitlari
Fuqarolar roʻyxatiga kiritish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat
1.
2.
...
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ______________ viloyati ____________ tuman boʻlimi boshligʻi qqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqq M.Oʻ.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son; 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)