Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YANGI TAShKIL ETILAYOTGAN XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR FAOLIYATI USTIDAN BANK VA SOLIQ NAZORATINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1999-yil 29-martdagi PF-2276-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan ularni tugatish uchun belgilangan davr davomida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning schyotlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabar qilishning elektron tizimini uch oy muddatda ishlab chiqish va joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ochilgan, toʻxtatilgan va yopilgan schyotlari toʻgʻrisida tijorat banklarining har oylik statistika hisobotlari shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 1999-yilning ikkinchi choragidan boshlab joriy etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi nizom;
Tugatilayotgan korxonalarning budjetga oʻz muddatida toʻlanmagan toʻlovlarini hisobdan chiqarish tartibi loyihalarini kiritsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda korxonalarning ular yopilishiga olib kelgan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmasligi sabablarini oʻrganib chiqsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va davlat soliq xizmati organining taqdimnomasi boʻyicha tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar muassislari va mansabdor shaxslari roʻyxatdan oʻtkazilgan manzilda boʻlmagan taqdirda ularning qidirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-mart,
146-son