|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2015-yil 5-dekabr shanba dam olish kunini 2015-yil 7-dekabr dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2015-yil 5-dekabr shanba dam olish kuni 2015-yil 7-dekabr dushanba kuniga koʻchirilsin;
2015-yil 5-dekabr shanba kuni ish kuni deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-noyabr,
PQ-2436-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 24.11.2015-y., 226 (6409)-son)