Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YANGI TAHRIRDAGI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BOʻYICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda saylangan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
670-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 421-modda)