|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1996-YILNI “AMIR TEMUR YILI” DEB EʼLON QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buyuk davlat arbobi Amir Temur tugʻilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz jamoatchiligidan tushayotgan koʻplab takliflarni inobatga olib,
uning davlatchilikni barpo etishdagi, fan, taʼlim va madaniyat taraqqiyotidagi ulkan hissasini nazarda tutib,
YUNESKO Bosh konferensiyasining 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi jahon jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanishi toʻgʻrisidagi qaroriga eʼtiboran xalqaro va respublika miqyosida tadbirlar oʻtkazilayotganligini hisobga olib,
Oʻzbekiston fuqarolarining, yosh avlodning milliy iftixor va vatanparvarlik tuygʻularini yanada rivojlantirish maqsadida,
1996-yil “Amir Temur yili” deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-dekabr,
PF-1333-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 303-modda)