

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 13.07.2015 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-2699585">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-2699585">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6528"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-2699585">[<b>TSZ:</b><div id="LS3698"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-2700060">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2700061">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-2700062">Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2700063"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700064">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son <a href="/acts/-2575143">qarorini </a>bajarish yuzasidan hamda keksalarning hayot sifatini yanada yaxshilash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700065">1. Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionati toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-2699585#-2700078">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700066">2. Belgilab qoʻyilsinki, keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionatlari oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradigan tibbiy-ijtimoiy tashkilotlar hisoblanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2700067"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3170670">3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3170670"><a href="/acts/-2699585?ONDATE=20.03.2017 00#edi-3170671">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700068">keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning namunaviy roʻyxatini oʻn kun muddatda tasdiqlasin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700069">tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida katta avlod kishilariga xizmat koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini joriy etishda ularning rolini kuchaytirish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700070">tibbiy faoliyatni amalga oshirishda keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionatlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin, oʻzlariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama koʻmaklashish chora-tadbirlarini koʻrsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700071">4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan nodavlat pansionatlarini tashkil qilish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga “nol” sotib olish qiymati boʻyicha berish uchun boʻsh turgan nodavlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700072">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha tijorat asosida qulayligi oshirilgan nodavlat pansionatlarini tashkil qilishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700073">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-2700074">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2700075">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2700076">2015-yil 9-iyul,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-2700077">186-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2700078"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2700079">Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 186-son <a href="/acts/-2699585">qaroriga </a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2700080">Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionati toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2700081">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2700082"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700083">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700084">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son <a href="/acts/-2575143">qaroriga </a>muvofiq hamda keksalarni sogʻlomlashtirish, ularning dam olishlarini va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan keksalarning hayot sifati yanada yaxshilanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700085">2. Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionati (keyingi oʻrinlarda pansionat deb ataladi) umumiy ravishda belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni sogʻlomlashtirish, tibbiy parvarish va reabilitatsiya qilish, shuningdek ularning pansionatda qulay sharoitda boʻlishi va dam olishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan nodavlat tibbiy-ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2700087">Pansionatda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionati tomonidan koʻrsatiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan xizmatlarning namunaviy roʻyxatiga muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-2700087"><a href="/acts/-2699585?ONDATE=20.03.2017 00#edi-3170674">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700086">3. Pansionat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tijorat tashkiloti sifatida tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi, oʻzining ustaviga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamiga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2700088">4. Pansionat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-2700088"><a href="/acts/-2699585?ONDATE=05.04.2022 00#edi-5996321">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700089">II. Pansionatni va uning faoliyatini tashkil etish tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700090">5. Pansionat taʼsischining qaroriga koʻra tashkil etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700091">6. Pansionat taʼsis hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradi va xizmatlar koʻrsatadi. Pansionat faoliyati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan majburiy litsenziyalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700092">7. Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari pansionatning taʼsis etuvchilari boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700093">8. Pansionatning tashkiliy tuzilmasi taʼsischi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700094">9. Pansionat buxgalteriya va statistik hisob va hisobotlarni yuritadi, koʻrsatiladigan xizmatlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tariflarni belgilaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700095">III. Pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700096">10. Quyidagilar Pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700097">keksalar uchun pansionatda boʻlishning qulay maishiy sharoitlarini yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700098">keksalarning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishiga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700099">keksalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda madaniy-ommaviy hamda jismoniy tarbiya tadbirlari, ekskursiyalar tashkil etish, ijodkorlikni namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish yoʻli bilan ularning dam olishini va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700100">pansionatda boʻluvchilarning yosh xususiyatlarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sifatli ovqatlanishini tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700101">zarurat boʻlganda dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish va hamroh bilan birga yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga yuborishni tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700102">fizioterapiya, reabilitatsiya, psixologiya va sogʻliqni tiklash tadbirlarini qoʻllagan holda keksalarni jismoniy quvvatni tiklashga va psixologik holatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan holda sogʻlomlashtirish. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700103">IV. Pansionatni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700104">11. Pansionatni tashkil etishda majburiy tartibda quyidagilar mavjud boʻlishi zarur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700105">bir yoki ikki nafar kishiga moʻljallangan, zarur shart-sharoitlarga, mebellarga, sanitariya tarmoqlariga, pansionat xodimini shoshilinch chaqirish tizimiga va shu kabilarga ega boʻlgan yotoqxonalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700106">isitish, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, yoritish hamda shamollatishni taʼminlaydigan muhandislik kommunikatsiyalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700107">keksalar va nogironlarning xavfsiz harakatlanishi uchun binoning tegishli qismlarida tutqichlar, panduslar, ikki va undan koʻp qavatli binolarda lift, boshqa yordamchi vositalar (yurish uchun moslama va aravachalar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700108">dam olish xonalari (kutubxona, hordiq chiqarish xonasi, sport zali, kichik kinozal, artterapiya oʻtkazish uchun ijodiy xonalar, psixolog xonasi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700109">sanitariya normalariga muvofiq jihozlangan oshxona;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700110">keksalarning hayoti, sogʻligʻi va ularning buyumlari saqlanishi xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700111">obodonlashtirilgan atrof-muhit.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700112">V. Pansionatga qabul qilish, joylashtirish va u erda yashash shart-sharoitlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700113">12. Keksalarni pansionatga qabul qilish pansionat maʼmuriyati va umumiy ravishda belgilangan pensiya yoshiga yetgan keksa shaxs oʻrtasida tuzilgan pansionatda xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700114">Shartnomada quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700115">pansionatda boʻlish davri;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700116">pansionatda koʻrsatiladigan xizmatlari qiymati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700117">pansionatda koʻrsatiladigan asosiy xizmatlar, shuningdek u erdagi joylashish va ovqatlanish shart-sharoitlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700118">shartnoma tomonlarining kelishuvi boʻyicha boshqa shart-sharoitlar. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700119">Zarurat boʻlganda, shartnomada keksa shaxsni pansionatga va yashash joyiga transportda yetkazish shartlari koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700120">13. Pansionatga kelayotgan keksalar shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda qabul qilinadi va undan chiqariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700121">14. Keksa shaxs pansionatga joylashish uchun quyidagilarni taqdim etadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700122">pasporti yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700123">yashash joyidagi tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700124">pansionatda boʻlish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya yoki tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi — agar toʻlov yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700125">15. Quyidagilar pansionatga qabul qilmaslik uchun sabablar hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700126">sil kasalligi va kasallikning faol bosqichi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700127">teri va sochlarning yuqumli kasalliklari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700128">oʻtkir yuqumli kasalliklar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700129">xavfli va xavfsiz oʻsma kasalliklar va xavfli oʻsma jarayonining takrorlanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700130">ruhiy kasalliklar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700131">16. Pansionatga qabul qilingan kunda tibbiy koʻrik oʻtkaziladi, uning natijasi boʻyicha, shuningdek tibbiy maʼlumotnomada koʻrsatilgan tekshiruvlar boʻyicha asosiy sogʻlomlashtirish tadbirlari, shuningdek ovqatlanish ratsioni (parhez taomlar stoli) belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700132">17. Pansionatda har bir keksa shaxsga tibbiy xodim biriktiriladi, u davolovchi shifokor koʻrsatmalariga muvofiq tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700133">18. Pansionatga kelgan keksalar quyidagilar bilan taʼminlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700134">zarur mebellar bilan jihozlangan, uzoq muddat dam olish uchun qulay sharoitlar yaratilgan bir yoki ikki oʻrinli xonalarga joylashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700135">sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700136">gerontologik xususiyatlarni va mavjud kasalliklarni inobatga olib toʻrt yoki besh martalik ovqatlanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700137">sogʻlomlashtirish tadbirlari, shuningdek reabilitatsiyaning zarur texnik vositalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700138">madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700139">VI. Tomonlarning huquq va majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700140">19. Pansionat quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700141">pansionatga kelganlarning yashashi va ularga xizmat koʻrsatish haqlarini mustaqil ravishda belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700142">jismoniy va yuridik shaxslar bilan xizmat koʻrsatish shartnomalari tuzish, qonunchilikka muvofiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700143">keksalardan belgilangan tartibga va yashash qoidalariga rioya etishlarini talab qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700144">Pansionat tadbirkorlik faoliyati subyekti uchun qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700145">20. Pansionat quyidagilarga majbur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700146">sifatli sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, pansionatda qulay dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700147">keksalarning soʻrovlariga hurmat va eʼtibor bilan yondashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700148">zarurat boʻlganda (tibbiy koʻrsatmalarga koʻra) keksa kishini tibbiy- statsionar muassasaga olib borishni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700149">xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligiga amal qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700150">21. Keksalar quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700151">pansionat maʼmuriyati va xodimlari tomonidan oʻzlariga nisbatan hurmat va eʼtibor bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700152">shartnomada koʻrsatilgan xizmatlarni, shu jumladan sogʻlomlashtirishni sifatli va toʻliq hajmda olish, qulay joylashish, ovqatlanish, madaniy-koʻngilochar va boshqa tadbirlarda qatnashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700153">boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlganda, toʻlov sharti bilan pansionatda dam olish muddatini uzaytirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700154">22. Keksalar quyidagilarga majbur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700155">pansionatning ichki tartib-qoidalariga, u erda boʻlishning belgilangan rejimiga rioya etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700156">tibbiy xodimlarning koʻrsatmalariga amal qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700157">agar shartnomadagi muddat belgilangan tartibda uzaytirilmagan boʻlsa — shartnomaning amal qilish muddati tugagan kunda pansionatdan joʻnab ketish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2700158">VII. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700159">23. Pansionatda sifatli va toʻlaqonli xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan masʼuliyat uning maʼmuriyatiga va boshqa mansabdor shaxslariga yuklanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2700160">24. Pansionat faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-2700604">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 358-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
