Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “XIZMAT TURAR JOYLARI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” 2000-YIL 27-YANVARDAGI 24-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-may,
178-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 24-maydagi 178-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Qarorning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14-banddagi “va professional yong‘indan saqlash” so‘zlari “qo‘riqlash va professional yong‘in xavfsizligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish muassasalarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari.
17. Ichki ishlar organlarining xizmat ko‘rsatiladigan uchastka hududidagi profilaktika bo‘yicha inspektorlari”.
ilovaga quyidagi mazmundagi 22-band qo‘shilsin:
“22. Qishloq joylardagi aloqa bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 10-son, 79-modda)