|
Hujjat 20.04.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Budjet oldida boqimandasi bor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq toʻlovchilarning mablagʻi boʻlmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish toʻgʻrisidagi tartibni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 874-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-dekabrda 96-son va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 17-sentabrda 99-116-son bilan tasdiqlangan Budjet oldida boqimandasi bor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq toʻlovchilarning mablagʻi boʻlmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish toʻgʻrisidagi tartib (roʻyxat raqami 874, 2000-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-aprel,
29-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-aprel,
2015-13-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 9-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 190-modda)