Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2019
Hujjat 09.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2659]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-fevral,
01-02/3-07-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 4-fevraldagi 01-02/3-07-son qaroriga
ILOVA
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oliy harbiy bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Institutga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
2. Institut tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun:
harbiy-professional yoʻnalish;
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.
3. Institutga:
oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob beradigan;
harbiy xizmatni oʻtamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga toʻladiganlar) boʻlgan;
harbiy ofitsyerlar tarkibi unvonlariga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni oʻtagan 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadilar.
Nomzodlarning boʻyi 170 sm dan (qiz bolalar uchun 165 sm) past boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nomzodlar, ularning ota-onalari Institutga oʻqishga kirishidan oldin Institut rahbariyati tomonidan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) muvofiq moddiy masʼulligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tanlash va qabul qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlari buyruqlari bilan ishchi guruhlar tuziladi.
Ishchi guruhga hududiy boshqarma boshligʻining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Ishchi guruh tarkibiga hududiy boshqarmalarining kadrlar boʻlimi (boʻlinmalari) boshliqlari, boshqa boʻlim, boʻlinma, guruh hamda xizmatlar boshliqlari, shuningdek mutaxassis psixologlar kiritilishi lozim.
6. Ishchi guruhlarini tuzish boʻyicha buyruqda ularning vazifalari aniq koʻrsatilishi shart.
7. Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini har yili 20-yanvar kunidan 31-avgust kuniga qadar amalga oshiradi.
8. Institutga oʻqishga qabul qilish uchun Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Institutda qabul komissiyasi tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
9. Qabul komissiyasiga Institut boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga Davlat bojxona qoʻmitasi va Institutning tegishli sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi.
Qabul komissiyalari qabul yilining 1-fevral kunidan 31-avgust kuniga qadar faoliyat yuritadi.
10. Qabul komissiyasi raisi — Institut boshligʻi:
qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi — Institut boshligʻi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
11. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya;
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya.
12. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi hududiy boshqarmaga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
13. Institutga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevraldan 1-aprelga qadar qabul qilinadi.
14. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan hududiy boshqarma ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
pasport nusxasi;
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, ota ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi nusxasi;
yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi va nogironlik guvohnomasi nusxalari;
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (yashash joyidan berilgan maʼlumotnomada nomzodning oila aʼzolari koʻrsatiladi);
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
mehnat daftarchasi (asli va nusxasi), agar mavjud boʻlsa;
ota-onasining Institutga oʻqishga kirishiga rozilik xati.
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qoʻshimcha ravishda zarur hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan soʻrab olinishi mumkin.
Nomzodlar tomonidan hujjatlar taqdim etishda pasport, tugʻilganlik haqida guvohnoma, dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, ota ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi, yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi va nogironlik guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi hamda mehnat daftarchasi (agar mavjud boʻlsa) shaxsan koʻrsatiladi.
15. Institutga oʻqishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 14-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
16. Tegishli shakl boʻyicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Hududiy boshqarmalar va Institut Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun masʼuldir. Bunda hududiy boshqarmalar va Institut boshliqlari vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilarni koʻrsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishlari shart.
2-bob. Dastlabki tanlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
18. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
19. Dastlabki tanlash tadbirlari hududiy boshqarmalar ishchi guruhlari tomonidan qabul yilining 1-fevralidan 1-may kuniga qadar oʻtkaziladi.
20. Dastlabki tanlash:
fuqaro yoshlar uchun — yashash joyidagi hududiy boshqarmada;
harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari uchun — xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy boshqarmalarda oʻtkaziladi.
21. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
22. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
23. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro yoshlar bilan — hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari, tegishli hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
24. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
25. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
Institutga kirish uchun tavsiya etiladi;
Institutga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
26. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha Institutga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
27. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash hududiy boshqarmalar ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganish oʻtkazilgandan keyin 15 kun ichida hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi belgilagan muddatda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
28. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ular sogʻligʻining holati toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari esa, oʻzlariga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini taqdim etadi.
29. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
30. Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni toʻliq topshirganlaridan soʻng, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
31. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
32. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning Institutda oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
33. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlash tadbirlariga qoʻyilmaydi.
34. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni oʻqishga yuborish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikiladi.
35. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari hududiy boshqarmalar tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar Institutga yuboriladi.
3-bob. Nomzodlar bilan harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish
36. Institut qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda harbiy professional-tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
37. Hududiy boshqarmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga hujjatlari toʻliq holda yetib kelishlarini taʼminlaydi.
38. Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida Institutda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni oʻrganish;
psixofiziologik oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
40. Institut qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish kichik komissiyasi hujjatlarni oʻrganishda Institutga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini roʻyxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
41. Psixofiziologik oʻrganish mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.
42. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
43. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
44. Sogʻligʻining holatiga koʻra Institutda oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
45. Yozma ish nomzodga diktant yozdirish orqali Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar yoki oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
46. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
47. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodika asosida psixofiziologik oʻrganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
48. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 30-iyuniga qadar kollegial prinsip boʻyicha, Institut qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
50. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq oʻtkaziladi.
51. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod test sinovlari oʻrniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibda Institutda yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 12-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
4-bob. Institutga qabul qilish
52. Institutga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
53. Institut qabul komissiyasi 15-iyulda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni Institutga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Institutga oʻqishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
55. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq koʻrib chiqiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
56. Institut qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
57. Institutga oʻqishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli hududiy boshqarmalarga qaytarib yuboriladi.
58. Nomzodni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Institutda saqlanadi.
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Men, Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzod, ____________________________________________________ ushbu institutga oʻqishga

‎‎(F.I.O.)

qabul qilinsam va oʻqishni tamomlagandan soʻng 5 yil muddat ichida oʻz xohishimga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustaviga asosan bojxona organlaridan boʻshatilsam yoxud sodir etgan jinoyatim uchun ozodlikdan mahrum etilsam moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

‎‎_________

‎‎_______________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎
‎20___ yil “____” _____________

Biz, Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota onasi,
‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎farzandimiz______________________________________________________

‎‎‎‎(F.I.O.)

ushbu institutga oʻqishga qabul qilinsa va oʻqishni tamomlagandan soʻng 5 yil muddat ichida oʻz xohishiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustaviga asosan bojxona organlaridan boʻshatilsa yoxud sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilsa moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

_________‎‎ _______________________________‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

_________‎‎ _______________________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎


‎20___ yil “____” _____________‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎‎‎__________________________________ga
‎(hududiy boshqarma boshligʻining F.I.O.)
‎__________________________________da
‎ (nomzodning yashash joyi)
‎ yashovchi__________________________ dan
‎ (nomzodning F.I.O.)

ARIZA‎

Menga Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti bilan tanishtirildim.

Tanlovda ____________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.

Test sinovlarini ________________________________________ tilida topshiraman.

‎‎(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan yerda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman. Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, belgilangan muddatda boshliqlarimga va shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yozma ravishda xabar beraman.

_________‎‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎
‎20___ yil “____” _____________
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

_______________________________________ga
‎(hududiy boshqarma boshligʻining unvoni va F.I.O.)

BILDIRGI‎

‎‎Menga Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Tanlovda ____________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha ishtirok etaman.
Test sinovlarini ________________________________________ tilida topshiraman.

‎‎(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________ tilida topshiraman.

_________‎‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(lavozimi, unvoni va F.I.O.)‎

‎‎
‎20___ yil “____” _____________
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI

Nomzodning F.I.O.: _______________________________________________________
‎Nomzodning oilaviy ahvoli: ________________________________________________ Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:_________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎Bojxonachi kasbini tanlashining sabablari va asoslari:__________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
‎ Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: _______________________ Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: ______________________________ Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: ______________________________________ ________________________________________________________________________

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.

____________________________________ ‎‎

__________‎‎

‎‎(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning
‎unvoni, lavozimi va F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎20___ yil “____” _____________
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Individual-psixologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Institut qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari hududiy boshqarma Kadrlar boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻining seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga oltita vazifa boʻyicha bir yuz oʻnta psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi vazifalar — oʻntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning toʻrtta shkalasi — oʻn toʻrttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — oʻn toʻrtta savoldan iborat boʻladi. Bunda har bir toʻgʻri javobga bir balldan qoʻyiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni notoʻgʻri belgilagan nomzodning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Institutga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
16. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha Institutga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan individual-psixologik oʻrganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Individual-psixologik oʻrganish metodikasiga
ILOVA

‎‎Nomzodning individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMASI

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: ________________________________________________________.
‎Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.‎

‎‎Natijalar:

1-vazifa‎‎‏

2-vazifa‎

3-vazifa‎‎‏‎

4-vazifa‎‎‏

5-vazifa‎‎

6-vazifa‎‎‏

Xulosa‎‎‏

1‎

2‎

3‎

4‎

0 — 4

0 — 4

0 — 4

0 — 5

0 — 4

0 — 5

0 — 6

0 — 4

0 — 4

Tavsiya etilmaydi

5 — 10

5 — 10

5 — 10

6 — 10

5 — 14

6 — 14

7 — 14

5 — 14

5 — 14

Tavsiya etiladi

‎‎Xulosa: _________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
Hududiy boshqarma
‎ishchi guruhi raisi:

___________‎‎

______________________‎‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(unvoni va F.I.O.)

Hududiy boshqarma
‎ ishchi guruhi aʼzolari:

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi hududiy boshqarmaning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.
4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
6. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
7. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
8. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
9. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1 — 2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
10. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
12. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
13. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
14. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
15. Ikkinchi mashqni bajarishda:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
16. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga
ILOVA

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
‎QAYDNOMASI

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: ________________________________________________________. Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.‎

‎‎Natijalar:

T/r‎ Mashqlarning nomi‎‎ Natija‎‎ Xulosa‎‎

1.‎

Turnikda tortilish‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

100 metrga yugurish‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

3000 metrga yugurish ‎‎ ‎‎

5.‎

1000 metrga yugurish ‎‎ ‎‎
‎‎Xulosa: _________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
Hududiy boshqarma ishchi guruhi raisi:

___________‎‎

______________________‎‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(unvoni va F.I.O.)

Hududiy boshqarma
‎ ishchi guruhi aʼzolari:

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

___________‎‎‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.) ‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN” __________________________________
‎(hududiy boshqarma boshligʻining unvoni, F.I.O. va imzosi)
‎20 ___ yil “_____”___________.

Nomzodni Oliy harbiy bojxona institutiga harbiy-professional tanlash
‎tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida
‎ XULOSA

‎‎_____________________________________________________________________ ni

‎‎(nomzodning F.I.O.,)

‎‎__________________________________________________________________ga oliy

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

Oliy harbiy bojxona institutiga harbiy-professional tanlash tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida.

‎‎1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari:
‎‎‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________ .

‎‎‎‎2. Maxsus tekshirish natijalari:
‎_______________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________ .

‎‎3. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi:
_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________.
‎‎4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosa:
_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________. ‎

______________________________‎‎

________________________‎‎

(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)‎‎

(F.I.O.)‎‎

______________________________‎‎‎‎

________________________‎‎

(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)‎‎

(F.I.O.)‎‎

______________________________‎‎

________________________‎‎

(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)‎‎

(F.I.O.)‎‎

20___ yil “____”_________.

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Psixofiziologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi hamda unga psixologik topshiriqlar berish orqali aniqlanadi.
2. Nomzodlarga psixofiziologik oʻrganish oʻtkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar blanklari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar blanklari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi. Kichik komissiya raisi psixologik topshiriqlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish va natijalarni baholash
4. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzodlarga 3 ta psixologik topshiriq beriladi.
5. Psixofiziologik oʻrganishda quyidagilar taqiqlanadi:
nomzodga topshiriq mazmuniga muvofiq boʻlmagan tushuntirishlar yoki javobga yoʻnaltirilgan savollar berish;
topshiriqlarni bajarish vaqtida nomzodni tanqid qilish, unga tanbeh berish.
6. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazishda topshiriqlar boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar aniq yetkazilishi hamda oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
7. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
8. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi;
shovqindan himoyalangan boʻlishi;
nomzodlarga ajratilgan joylar qulay va raqamlangan boʻlishi;
zarur namoyish jadvallari, plakatlar va matritsalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
9. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
10. Kichik komissiya raisi nomzodlarning bor-yoʻqligini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini shaxsan tekshirib, ularni raqamlangan joylarga oʻtqizadi.
11. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
12. Psixofiziologik oʻrganish vaqtida uni oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berilishi zarur.
14. Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
nomzod psixologik topshiriqlarning barchasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 5 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning ikkitasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 4 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning bittasini toʻgʻri bajargan taqdirda — 3 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning birortasini toʻgʻri bajarmagan taqdirda — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoida
15. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Psixofiziologik oʻrganish metodikasiga
ILOVA

‎‎Psixofiziologik oʻrganish natijalarini baholash
‎QAYDNOMASI

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: _________________________________________________________.
‎Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.

‎‎Natijalar: toʻgʻri javoblar soni: _________ ta, notoʻgʻri javoblar soni _________ta, qoʻyilgan ball ______

‎‎ ‎‎
‎‎‎‎Kichik komissiya raisi:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)

‎‎Kichik komissiya aʼzolari: ‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Yozma ish (diktant) oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yozma ish diktant yozdirish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
3. Diktantlarning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Diktant qanday baholanishidan qatʼi nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.
6. Diktantlar tekshirib chiqilgandan soʻng, baholangan holda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi tomonidan qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
7. Diktant oʻtkaziladigan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
2-bob. Diktantga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
8. Diktant uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
9. Diktant matnining hajmi 170 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Diktant yozish vaqtida har bir gap oʻqib eshittirilgandan soʻng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib boʻlingandan soʻng, gap yana bir bor oʻqib eshittiriladi.
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 5 ball qoʻyiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 4 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi kerak;
toʻrttagacha orfografik va toʻrttagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 3 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak;
yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 2 ball;
toʻqqiztagacha orfografik va toʻqqiztagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 1 ball;
oʻnta va undan ortiq orfografik va oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 0 ball qoʻyiladi.
12. Quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda xatolar, ularning sonidan qatʼi nazar, bitta xato deb topiladi:
beshta soʻzda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
qaratqich belgisi uchtagacha soʻzda notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki 1441 oʻrniga 1941 yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, qutulmoq soʻzi besh oʻrinda qutilmoq tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Tekshirilgan har bir diktantga Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan aʼzosi tomonidan imzo qoʻyiladi. Bunda kichik komissiya aʼzolari oʻzlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
16. Kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning diktantlari kichik komissiya raisi tomonidan Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon matnda KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
2-bob. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish
5. Nomzodga yigirmata test savoli va ularni echish uchun oʻttiz daqiqa vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
8. Test savollari quyidagilar boʻyicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha;
idora dasturiy ilovalari (microsoft office dasturi) boʻyicha;
Internet tarmogʻida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish boʻyicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
17 — 20 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa –5 ball;
13 — 16 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 4 ball;
9 — 12 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 3 ball;
5 — 8 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 2 ball;
1 — 4 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoida
10. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga
ILOVA

Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha
‎ QAYDNOMA

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: _________________________________________________________.
‎Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.
‎Natijalar: toʻgʻri javoblar soni: _______ta, notoʻgʻri javoblar soni _______ta, qoʻyilgan ball _______.

Kichik komissiya raisi:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)

Kichik komissiya aʼzolari:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
2. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin boʻlgan savollarning umumiy yoʻnalishlari va qabulga oid boshqa zarur maʼlumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin Institut qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar roʻyxati Institut qabul komissiyalari tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Savollar nomzodning oʻqishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
5. Savollar roʻyxati Institut qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yakuniy suhbat oʻtkazish
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, Institut qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
7. Nomzod yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
8. Qabul komissiyasi aʼzolariga masʼul kotib (uning yordamchisi) tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilayotgan nomzod haqidagi barcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
9. Komissiya aʼzolari nomzod haqidagi umumiy maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, unga ogʻzaki tarzda 3 ta savol beradi.
10. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan soʻng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
11. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Mazkur qaydnomaga nomzodning psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasi natijalari ham qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan yozib qoʻyiladi.
13. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi.
14. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
15. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha uch va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyiladi.
16. Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qaror haqida qaydnomaga yozib qoʻyiladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga
ILOVA

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha
‎QAYDNOMA

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

Hududiy bojxona boshqarmasi: ______________________________________________.

‎‎boshqarmaning nomi

‎‎Tanlagan yoʻnalishi va taʼlim tili ___________________________________________.

‎‎bojxona ishi / bojxona huquqi , rus / oʻzbek

‎‎Topshirish sanasi: 20_____yil “____” ________________.
‎‎Psixofiziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball ‎‎Yozma ish (diktant) natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Oʻrtacha arifmetik ball ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Qabul qilingan qaror: _____________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________‎
‎‎ ‎‎
‎‎‎‎Kichik komissiya raisi:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(unvoni va F.I.O.)

Qabul komissiyasi masʼul kotibi

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎‎

‎Kichik komissiyasi aʼzolari:

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash
MEZONLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Imtihon test sinovlari majmuasida fanning egallagan oʻrnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oraligʻida yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
2-bob. Baholash mezonlari
3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
4. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 75,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 39,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 75,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 75,6 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 18,6 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 14 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 14 ball;
berilgan mavzuni toʻliq bilsa — 3 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 6 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani toʻliq tahlil qilsa — 5 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 5 ball;
talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 5 ball;
yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 5 ball qoʻyiladi;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 52 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 14 ball;
matnning 90 foizini tarjima qilsa — 12 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 8 ball;
berilgan mavzuni chala bilsa — 2 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 3 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻrttagacha grammatik, toʻrttagacha leksik xato qilsa — 4 ball;
talaffuz qilishda toʻrttagacha fonetik xato qilsa — 3 ball;
yozganda toʻrttagacha orfografik xato qilsa — 3 ball qoʻyiladi;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 31 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 10 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 9 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 4 ball;
talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 2 ball;
yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 2 ball;
berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 16 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 6 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda sakkiztagacha grammatik, sakkiztagacha leksik xato qilsa — 2 ball;
talaffuz qilishda sakkiztagacha fonetik xato qilsa — 1 ball;
yozganda sakkiztagacha orfografik xato qilsa — 1 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi.
6. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 39,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 39,6 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 11,6 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 12 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 12 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 4 ball;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 29 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 8 ball;
matnning 90 foizini tarjima qilsa — 10 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 8 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 17 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 5 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 8 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 8 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 2 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
7. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Mezonlarning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
8. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga
ILOVA

Chet tilidan imtihon natijalari boʻyicha
‎ QAYDNOMA

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: _________________________________________________________.
‎Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.
‎Imtihon topshirilgan til: ________________.
‎Nomzodga qoʻyilgan ball ______.
‎‎Imtihon komissiyasi raisi:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)

‎‎Kichik komissiya aʼzolari: ‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

(unvoni va F.I.O.)‎‎

Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN” ________________________________________
‎ ________________________________________
‎ ________________________________________
‎ (qabul komissiyasi raisining unvoni,
‎F.I.O.va imzosi)

‎20 ___ yil “_____”___________


‎OLIY HARBIY BOJXONA INSTITUTI
‎ qabul komissiyasi yigʻilishining
‎ PROTOKOLI ____-son

‎‎20__ yil “___”__________

‎‎‎____‎___________________

(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)

‎‎Raislik qiluvchi:

‎‎___________________________________

‎‎‎‎(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)‎‎

‎‎Qatnashganlar: ‎‎‎‎___________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)‎‎

‎‎___________________________________‎‎

(qabul komissiyasi aʼzolari)‎‎

‎‎KUN TARTIBI:
‎(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

Oliy harbiy bojxona instituti qabul komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga asosan qaror qiladi:

__________________________ mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.‎‎

Nomzodning maxsus kodi‎‎

Test sinovlarida toʻplagan balli‎‎

Imtiyoz‎‎

Umumiy ball‎‎

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

4.‎

5.‎

6.‎

...‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Qabul komissiyasi masʼul kotibi:

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

Qabul komissiyasi aʼzolari‎‎

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 107-modda; 2016-y., 27-son, 332-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/2659-2/1351-son)