Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 28.11.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Sudlarga tushuntirilsinki, xo‘jalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda — XPK deb yuritiladi) normalariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Rayosatining 2014-yil 21-avgustdagi 83-son qarori bilan tasdiqlangan “Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Vaqtinchanlik nizomga (bundan buyon matnda — Nizom deb yuritiladi) amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi XPKning 10-moddasiga asosan o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. XPK 1261-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6.2. XPK 1261-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimida xo‘jalik sudi majlisida ishtirok etish huquqi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash yoki ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirish haqidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. XPK 126-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ish xo‘jalik sudining majlisida ko‘riladi. Xo‘jalik sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish muhokamasi XPKning 126-moddasi qoidalariga asosan, ushbu bandda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7.4. XPK 128-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, xo‘jalik sudi ishni ko‘rishda ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi, xususan yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. XPK 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, davlat sirlarini yoki tijorat sirini saqlash zarur bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq majlisda ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishlari kerakki, taraflar tomonidan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish haqida iltimosnoma berilgan va u sud tomonidan qanoatlantirilgan holda yoki ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun boshqa zaruriyat tug‘ilganda sud majlisi faqat oddiy rejimda o‘tkazilishi mumkin, chunki videokonferensaloqa rejimida yopiq sud majlisini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. XPK 128-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, har bir ishni ko‘rish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xo‘jalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus e’lon qilishga haqli.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, alohida hol bo‘lib, shu jumladan ishni ko‘rib bo‘lmaydigan darajada aloqa sifatining yomonlashuvi hisoblanadi. Bunday holda majlisga raislik qiluvchi sudya texnik sabablarga ko‘ra videokonferensaloqaning sifat darajasi tiklangunga qadar tanaffus e’lon qilishi mumkin. Bunda XPKning 128-moddasida belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq, xo‘jalik sudi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga yoki ishni ko‘rish keyinga qoldirilguniga qadar boshqa, shu jumladan videokonferensaloqa rejimida ishlarni ko‘rishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
10. XPK 131-moddasining birinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudi ishni shu majlisda ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazish vaqtida videokonferensaloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ishni videokonferensaloqa rejimida ko‘rish natijalari bo‘yicha xo‘jalik sudining sud hujjati XPKning 18 va 19-boblari qoidalari bo‘yicha, ushbu bandda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPK 134-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPKning 90-moddasiga muvofiq sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sud xarajatlari tarkibiga kiradi va faqat ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha undirilishi lozim. Sudlar inobatga olishlari lozimki, ushbu xarajatlarning to‘lanmaganligi da’vo arizasini qaytarish uchun asos bo‘lmaydi. Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar taraflar o‘rtasida XPK 95-moddasining birinchi qismiga asosan taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.