|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.06.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 83-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2441-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2795, 08.06.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2441, 2013-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 13-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 83-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83. Apellatsiya “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.”.
2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
211/2-son
Kelishilgan:
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b. B. AXMEDOV
2014-yil 26-dekabr,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHOBOV
2014-yil 26-dekabr,
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 26-dekabr,
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 26-dekabr,
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 26-dekabr,
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2014-yil 26-dekabr,
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 26-dekabr,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
2014-yil 26-dekabr,
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52(I)-son, 650-modda)