Hujjat 19.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi KENGAShIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTINING TARKIBIY TUZILIShIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1996-yil 3-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilishiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) tahririyat-noshirlik boʻlimi tugatilsin;
2) boʻshatib olinayotgan shtat birliklari hisobidan ish haqi fondi doirasida norma yaratish faoliyati istiqbolini belgilash va qonun loyihalari ekspertizasi boʻlimida bosh ilmiy xodim va I toifali ish yurituvchi-kotiba, amaldagi qonun hujjatlarini ijro etish tajribasini oʻrganish boʻlimida esa bosh ilmiy xodim lavozimlari joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-iyun,
98-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 197-modda)