|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.05.2019
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRINING
buyrug‘i
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2469-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 62-sonli ““Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami2469-2, 01.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 98-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2469, 2013-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 322-modda) bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Imtihonlar olishda traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,04;
texnikani ekspluatatsiya qilish qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
haydash ko‘nikmalari qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
guvohnoma berilganligi uchun — 0,17;
ogohlantirish taloni berilganligi uchun — 0,08 miqdorda yig‘im undiriladi.
Har bir takroriy imtihon uchun ko‘rsatilgan summa 2 barobar miqdorida undiriladi.
Yo‘qolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari o‘rniga yangilari berilganligi uchun ko‘rsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-noyabr,
9-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 14-noyabr
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHOBOV
2014-yil 14-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 47-son, 564-modda)