Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.06.2019
Hujjat 12.01.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIDA BOʻLIShINING QOʻShIMChA ShARTLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 17-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Xorijiy davlatlarning bojxona chegarasidan oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yigʻim undirilganligi uchun tenglikni taʼminlovchi muqobil chora-tadbirlar hamda xorijiy davlatlar avtotransportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtishining qoʻshimcha shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda quyidagi chora-tadbirlar joriy qilinganligi:
Qozogʻiston Respublikasida — tashuvchining yoʻlovchi oldidagi Fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sugʻurta yigʻimlari, avtotransportning qaytarib olib chiqib ketilishi toʻgʻrisidagi majburiyat uchun yigʻimlar, karantin va avtomobilda oʻtganlik uchun yigʻimlar qoʻllanilayotganligi;
Turkmanistonda — xorijiy davlatlar avtotransport vositalari uchun motor yoqilgʻisi qiymati tafovutini qoplash boʻyicha yigʻim joriy etilganligi, Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan yigʻimlarga teng boʻlmagan yigʻimlar belgilanganligi;
turli avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurta yigʻimlarining Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonda amal qiluvchi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tegishli stavkalardan yuqori ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa sugʻurta tashkilotlarining 1-ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sugʻurtalanganligi toʻgʻrisidagi polisi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini sugʻurta qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etsin.
3. Belgilansinki:
Qozogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi 2-ilovaga muvofiq namunaviy qoidalarga binoan amalga oshiriladi;
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan motor yokilgʻisi tafovutini qoplash boʻyicha muqobil yigʻimlar miqdori 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasining avtotransport vositalariga nisbatan shunga oʻxshash yigʻimlarni qoʻllovchi xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtayotganda tenglik asosida bir xil miqdordagi stavkalarni nazarda tutgan holda muqobil yigʻimlar joriy etish va ularni bekor qilish huquqi berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha bir oygacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiradigan bitta avtotransport vositasidan undiriladigan sugʻurta toʻlovlari stavkalari
Keyingi tahrirga qarang.

‎T/r‎

‎Transport turlari‎

Sugʻurta javobgarligi miqdoridan sugʻurta mukofotlari stavkalari (foizlarda) ‎‎ ‎‎‎

1000 AQSh dollari
‎ (Qozogʻiston Respublikasi) ‎ ‎

3000 AQSh dollari
‎(Turkmaniston)‎ ‎

1.‎

Yuk avtomobillari ‎

1,0‎

2,5‎

2.‎

Avtobuslar ‎

0,8‎

2,0‎

3.‎

Yengil avtomobillar ‎

0,5‎

1,5‎

4.‎

Traktorlar, kombaynlar va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar ‎

0,4‎

1,0‎

5.‎

Mototransport
‎ ‎

0,2‎

0,7‎

Sugʻurta summasi miqdori:
‎‎

Qozogʻiston Respublikasi avtotransporti uchun‎

‎‎— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 400 AQSh dollari;‎

— oʻlim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 600 AQSh dollari.‎

Turkmaniston avtotransporti uchun‎

‎‎— mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — 1000 AQSh dollari;‎

— oʻlim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun — 2000 AQSh dollari.

Izoh: yigʻimlar bojxona organlari tomonidan bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, mablagʻlar keyinchalik shartnoma asosida sugʻurta tashkilotlarining hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishning
NAMUNAVIY QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu qoidalarda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartibi belgilanadi.
2. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
2.1. “Sugʻurtalanuvchilar” — jismoniy shaxslar — toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sugʻurta toʻlovlari toʻlaydigan va sugʻurtalovchilar bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kirishadigan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari.
2.2. “Sugʻurtalovchi” — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkchilikning har qanday shaklidagi tijorat tashkiloti hisoblangan yuridik shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3. “Sugʻurta polisi” — sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalanuvchiga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat. U tuzilgan sugʻurta shartnomasini tasdiqlaydi va uning barcha shartlarini oʻz ichiga oladi.
2.4. “Sugʻurta shartnomasi” — sugʻurta toʻlovi toʻlangan va sugʻurta polisi berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
2.5. “Sugʻurta hodisasi” — sugʻurta hodisasi boshlanganda sugʻurtalovchining uchinchi shaxsga (jabrlanuvchiga) sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini olishiga sabab boʻladigan voqea yoki baxtsiz hodisa.
2.6. “Sugʻurta tovoni” — uchinchi shaxslarga toʻlanadigan summa.
2.7. “Sugʻurta toʻlovlari” — shartnoma tuzilayotganida sugʻurtalanuvchilar tomonidan sugʻurtalovchiga toʻlanadigan badallar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.8. “Transport vositalari” — transport vositalari deganda barcha mexanik transport vositalari, shuningdek, traktorlar, oʻziyurar mashinalar va tirkamalar, yarim tirkamalar hamda yoyilma tirkamalar tushuniladi.
2.9. Mexanik transport vositalariga dvigatelli transport vositalari kiradi.
3. Sugʻurta qilish obyektlari
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilish obyekti hisoblanadi.
4. Sugʻurta qilish subyektlari
4.1. Jismoniy shaxslar — toʻliq fuqarolik layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sugʻurta toʻlovlari toʻlaydigan va sugʻurtalovchilar bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kirishadigan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari sugʻurtalanuvchilar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sugʻurta hodisalari
5.1. Xorijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanishini nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
Fuqarolarning sogʻligʻiga, hayotiga zarar yetkazilishi;
transport vositasining, shuningdek, mol-mulkning shikastlanishi, nobud boʻlishi.
5.2. Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin joydagi texnik xizmat koʻrsatish stansiyasigacha yetkazish va uni tuzatish xarajatlari ham kiritiladi.
6. Sugʻurta shartnomasi
6.1. Sugʻurtalanuvchilarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi xorijiy transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida boʻladigan davrda, biroq koʻpi bilan bir yil amal qiladi.
6.2. Agar sugʻurta shartnomasining amal qilishi mobaynida xorijiy transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlangan boʻlsa yoki u kelgusida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan boʻlsa, u holda shartnomaning amal qilishi sugʻurtalanuvchining xohishiga koʻra toʻxtatiladi, sugʻurta toʻlovi esa sugʻurta shartnomasining oʻtgan davriga mutanosib ravishda sugʻurtalanuvchiga qaytariladi.
6.3. Xorijiy transport vositasi boshqa haydovchiga oʻtganda, sugʻurta oʻz-oʻzidan bekor qilinadi va sugʻurta toʻlovi transport vositasi sugʻurtalovchining javobgarligida turgan kunlar soniga mutanosib summada qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sugʻurta summalari
7.1. Fuqarolarning sogʻligʻiga yoki hayotiga, ularning mol-mulkiga, yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sugʻurtalanuvchining fuqarolik javobgarligi yoʻl-transport hodisasining (keyingi oʻrinlarda yoʻl-transport hodisasi deb ataladi) har bir holati boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri yetkazilgan zarar miqdorida, biroq transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakatning ana shunday sugʻurta summasi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda sugʻurta qilingan hisoblanadi.
8. Sugʻurta toʻlovlari
8.1. Sugʻurta toʻlovlari sugʻurta kompaniyasi tomonidan transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakatning sugʻurta toʻlovlari stavkalariga teng miqdorda belgilangan sugʻurta summasidan hisoblab chiqiladi.
8.2. Sugʻurtalanuvchilar sugʻurta toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotganda toʻlaydilar.
8.3. Sugʻurta toʻlovlari bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi, keyinchalik bu mablagʻlar shartnoma asosida sugʻurtalovchining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Sugʻurta toʻlovlari naqd pul bilan ham, pul oʻtkazish shaklida ham toʻlanishi mumkin.
8.4. Hisoblab chiqilgan sugʻurta toʻlovi toʻlangandan keyin sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchiga belgilangan namunadagi polis beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sugʻurta tovoni
9.1. Sugʻurta tovoni agar yoʻl-transport hodisasi yoki baxtsiz voqea oqibatida:
jabrlanuvchi mayib boʻlsa yoki uning sogʻligʻiga boshqa shikast yetkazilsa;
jabrlanuvchi vafot etsa;
uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud boʻlsa, yoʻq qilinsa yoki shikastlansa sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanadi.
9.2. Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan zararlarga, shuningdek:
— transport vositasiga yoʻlovchilar chiqarish yoki tushirish paytida;
— transport vositasi yoʻlda toʻxtab turgan yoki tuzatilayotgan vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi.
9.3. Sugʻurtalovchi:
— aybdor shaxsning transport vositasida boʻlgan yukka;
— yoʻl-transport hodisasi natijasida atrof-muhitga;
— yongʻin kelib chiqishi tufayli oʻrmonlarga, daraxtzorlarga va bogʻlarga yetkazilgan zarar uchun;
— naqd pul, qimmatli qogʻozlar, har qanday turdagi hujjatlar, shuningdek, filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar va boyliklar yoʻqolganligi uchun javob bermaydi.
9.4. Agar jabrlanuvchi tomonidan qasddan jinoyat sodir etilgan boʻlsa, sugʻurta tovoni toʻlanmaydi.
10. Sugʻurta tovoni miqdori
10.1. Zarar uchun tovon mazkur Namunaviy qoidalarda belgilangan fuqarolik javobgarligi doirasida belgilanadi va toʻlanadi.
10.2. Zarar miqdori aybdor, jabrlanuvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi.
Sugʻurtalovchi zararning miqdorini aniqlash uchun mustaqil ekspertni jalb qilish huquqiga ega.
Kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda zarar miqdori sud tartibida belgilanadi.
10.3. Shaxsga yetkazilgan zarar uchun sugʻurta summasi jabrlanuvchiga, unga boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan summalardan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Jabrlanuvchining sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori davolash-profilaktika muassasasining tegishli hujjatida koʻrsatib oʻtilgan zarar darajasiga qarab yoki vafot etganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida belgilanadi.
Salomatlikka yetkazilgan zarar uchun tovon sugʻurta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 60 foizidan (oʻlgan taqdirda) koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki nobud boʻlganligi uchun sugʻurta tovoni sugʻurta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 40 foizidan (mol-mulk toʻliq nobud boʻlgan taqdirda) koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun yoki jabrlanuvchilarning sogʻligʻiga ziyon yetkazganlik uchun sugʻurta toʻlovi har bir aniq sugʻurta hodisasi boʻyicha bir vaqtda toʻlanadi.
10.4. Sugʻurta toʻlovini sugʻurtalovchi barcha zarur hujjatlar olingandan soʻng 72 soat mobaynida toʻlaydi. Toʻlov sugʻurtalovchining aybi bilan kechiktirilgan har bir kun uchun hisoblab chiqilgan sugʻurta tovoni summasining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
11. Sugʻurta hodisasi boshlangan taqdirda sugʻurtalanuvchining majburiyatlari
11.1. Yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) kelib chiqqan taqdirda sugʻurtalanuvchi:
— yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrishga, voqea oqibatlarini yengillashtirish, shuningdek, mol-mulkning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishga;
— imkoni boricha zararning koʻpayishini bartaraf etishga;
— jabr koʻrgan shaxslarga fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan sugʻurtalovchi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar berishga;
— voqea roʻy bergan joydagi sugʻurtalovchini darhol xabardor qilishga yoki sugʻurta tuzishga va voqea roʻy bergandan keyingi ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchiga zarur axborot va tushuntirish xati taqdim etishga majburdir.
11.2. Transport vositasi egasi, haydovchi yoki daʼvo qiluvchi shaxs sugʻurta tashkilotiga yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa)ga taalluqli mavjud dalillarni taqdim etishi hamda sugʻurtalovchining yuz bergan voqea tafsilotlarini va yetkazilgan zarar miqdorining aniqlanishini taʼminlashi, shuningdek, sugʻurtalovchi tomonidan yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) aybdorlariga qarshi daʼvolarni tekshirishda yordam koʻrsatishi shart.
12. Sugʻurta hodisasi boshlangan taqdirda sugʻurtalovchining majburiyatlari
12.1. Yoʻl-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) toʻgʻrisida xabar olingandan soʻng sugʻurtalovchi zarar miqdorini, hodisaning haqiqiy holatlarini aniqlash maqsadida harakat qiladi hamda sugʻurta dalolatnomasini va manfaatdor shaxslar ishtirokida belgilangan namunadagi hisob-kitob smetasini tuzadi.
12.2. Sugʻurtalovchi transport vositasi egasini va daʼvo qiluvchi shaxsni toʻlanadigan zarar miqdorini aniqlash uchun qanday hujjatlar taqdim etish zarurligi haqida xabardor qiladi.
13. Jabrlangan shaxsning huquqlari
13.1. Jabrlanuvchi yoki uning topshirigʻiga koʻra vakolatli shaxs transport vositasi tomonidan yetkazilgan zarar toʻgʻrisida sugʻurtalovchini xabardor qiladi.
13.2. Agar zarar nomaʼlum transport vositasi tomonidan yetkazilgan boʻlsa, u holda jabrlanuvchi militsiyaga yoki DANga, sugʻurtalovchiga darhol xabar berishi va zarar nomaʼlum transport vositasi tomonidan yetkazilganligi toʻgʻrisida tergov organlarining tasdiqnomasini olishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
13.3. Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda sugʻurtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi uchun tovon toʻlashga majbur emas.
14. Regress
14.1. Quyidagi haydovchi:
— uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini ataylab yuzaga keltirgan;
— transport vositasini alkogol ichimlik ichish yoki giyohvand modda isteʼmol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sugʻurta voqeasini yuzaga keltirgan;
— transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi boʻlmagan;
— transport vositasidan uning egasining raʼyiga qarshi foydalangan va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi toʻlangan sugʻurta tovonini sugʻurtalovchiga qaytarishga majburdir.
14.2. Agar sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga zarar yetkazilganligi toʻgʻrisida xabar bermasa yoki oʻz vaqtida xabar bermasa, u holda sugʻurtalovchi bunday xabar bermaslik yoki oʻz vaqtida xabar bermaslik oqibatida kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlar va sud chiqimlarini qoplash yuzasidan sugʻurtalangan shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻashi mumkin.
15. Sugʻurtalovchining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
15.1. Jabrlanuvchilar va sugʻurtalanuvchilarning arizalari va shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
15.2. Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar daʼvo muddati doiralarida amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
3-ILOVA
Turkmaniston avtotransport vositalaridan motor yoqilgʻisi tafovutini qoplash boʻyicha undiriladigan muqobil yigʻimlar

‎‎(1 kilometr uchun AQSh dollarida) ‎‎

benzin‎

dizel
‎yoqilgʻi‎

a) yuk avtotransport vositalari — ‎yuk koʻtarish imkoniyati:‎

10 tonnagacha‎

0,12‎

0,09‎

10 tonnadan 20 tonnagacha‎

—‎

0,13‎

20 tonnadan ortiq‎

—‎‎

0,16‎

b) avtobuslar — oʻrindiqlar soni:‎
12 tadan kam‎

0,06‎

0,04‎

13 tadan 30 tagacha‎

0,12‎

0,09‎

30 tadan ortiq‎

0,16‎

0,16‎

v) yengil avtomobillar‎

0,06‎

0,04‎

g) mototsikllar‎

0,04‎

—‎

Izoh: yigʻimlar bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, mablagʻlar keyinchalik bojxona organlari depozit hisob raqamlari orqali respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.