Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ASOSIY QIYMAT VA MODDIY BALANSLARNI TASDIQLASH TARTIBI VA MUDDATLARI TOʻGʻRISIDA” 1998-YIL 19-AVGUSTDAGI 355-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-sentabrdagi F-1845-son farmoyishiga muvofiq hamda ishlab chiqiladigan, tasdiqlanadigan va hisoblab chiqiladigan qiymat va moddiy balanslarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng “Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 355-son qaroriga 1-ilovaning “Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi” boʻlimining 4-bandi, “Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi” boʻlimining 2-bandi, shuningdek qarorga 1.1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-sentabr,
415-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 160-modda)