1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni va xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlarini real mulkdorlarga sotish, shuningdek ushbu korxonalarni zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladigan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xulosasiga koʻra investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini 12 oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirish vakolati berilsin.
xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlar aniq investitsiya majburiyatlari ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
davlat korxonalari va obyektlar faqat tanlov asosida eng yaxshi investitsiya loyihalarini va korxonaning kreditorlik qarzini toʻlashni oʻz ichiga oluvchi majburiyatlarni taklif etgan investorlarga investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladi, ushbu qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
korxonani (obyektni) investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olgan investor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, bepul berish toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi, bunda obyekt belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan qaytadan sotuvga qoʻyilishi kerak;
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi;
mulkdor — yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olingan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonasi (uning mol-mulki), past likvidli obyekt boʻyicha tegishli ravishda foyda soligʻiga hamda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortilmaydi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror ahamiyatini, shuningdek past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni, past likvidli obyektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan mamlakatimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini ularning nominal qiymatidan past narxlarda sotishning borishini keng yoritish ishlarini tashkil etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-avgust,
368-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga 1-ILOVA
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
1. Mazkur Nizom past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga (shu jumladan xorijiy investorlarga) bepul berish tartibini belgilab beradi.
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga (shu jumladan xorijiy investorlarga) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
2. Mazkur Nizomda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
sotish obyekti – past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari va past likvidli, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 192-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 385-modda)
investor – oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq pul mablagʻlari, mulkiy boyliklar va ularga huquqlarni investitsiya qiluvchi yuridik va jismoniy shaxs;
sotuvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi (sotilayotgan har bir obyekt boʻyicha sotuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi);
investitsiya majburiyatlari – investorning biznes-rejaga va tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib olingan korxonaga (obyektga) investitsiya qoʻyish boʻyicha majburiyatlari;
Komissiya – hududiy tanlov komissiyasi.
3. Investitsiya majburiyatlari boʻyicha investitsiyalar:
pul mablagʻlari qoʻyish, shu jumladan korxonaning kreditorlik qarzlari investor tomonidan qoplanishi;
ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi materiallar yetkazib berish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy boyliklarni qoʻyish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
4. Obyektni investitsiya majburiyatlari bajarilishi sharti bilan bepul berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi qaror hududiy tanlov komissiyalari tomonidan qabul qilinadi (obyekt “Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi tomonidan “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotilishi hollari bundan mustasno), ularga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladi va tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy organlari rahbarlari (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining hududiy organlari rahbarlari kiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-maydagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 245-modda)
5. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan tanlov asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga 1 va 2-ilovaga muvofiq shakllar boʻyicha taqdim etiladigan tegishli asoslashlar asosida Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan tanlov asosida nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotiladigan obyektlar roʻyxati “Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi tomonidan ham tasdiqlanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-maydagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 245-modda)
6. Sotuv obyektini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish obyekt quyidagi mezonlardan biriga yoki bir nechasiga muvofiq boʻlganda amalga oshiriladi:
korxona respublika uchun shahar ahamiyatiga va strategik ahamiyatga ega emas;
obyekt ochiq savdolarga qoʻyilganda taklif etilgan narx pasayishi hisobga olingan holda sotuvning taklif etilayotgan narxi boʻyicha investorlarning talabi mavjud emas;
korxona ishlamaydi, surunkali zarar koʻrib ishlaydi, past rentabelli (5 foizdan yuqori emas), iqtisodiy nochor va toʻlovga qodir emas;
koʻchmas mulk obyekti muhandislik kommunikatsiyalarining bir yoki bir necha turlari (gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari) mavjud emas;
obyekt tugatish jarayonida sotilmagan va mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga berilgan;
xorijiy investorlardan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarga aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan buyurtmanomalar berilgan.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
III. Sotuv obyektini sotish tartibi
7. Sotuv obyektini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazilishidan kamida 2 oy oldin eʼlon qilinishi kerak.
8. Sotuv obyektlarini sotish mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tanlov savdolarini oʻtkazish tartibiga muvofiq Komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi (Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi va “Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi tomonidan sotiladigan obyektlardan tashqari).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-maydagi 149-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 245-modda)
9. Xohish bildirgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tanlovda qatnashishga qoʻyiladi.
10. Tanlovda qatnashish uchun investor ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilingan tanlov oʻtkazilishi sanasidan kamida uch kun oldin Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun muhrlab qoʻyilgan konvertda tanlov taklifini taqdim etadi.
11. Tanlov taklifida biznes-reja, bajarish muddatlari koʻrsatilgan holda investitsiya dasturi (loyiha), asbob-uskunalar yetkazib berish (agar u nazarda tutilgan boʻlsa), uning texnologik parametrlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning rejalashtirilayotgan assortimenti va uning raqobatbardoshliligi, xom ashyo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish tadbirlari, kutilayotgan iqtisodiy samara, shuningdek sotish obyektini moliyaviy-xoʻjalik jihatdan sogʻlomlashtirish yoki uning hududidan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishni tiklash boʻyicha investorning boshqa majburiyatlari va rejalari qayd etilgan boʻlishi kerak.
12. Tanlov taklifini baholashda biznes-rejaning samaradorligi, marketing rejalari va moliyaviy rejalarning asoslanganligi belgilovchi ahamiyatga ega boʻladi.
13. Tanlov qatnashchilari (qatnashchisi) tomonidan taqdim etilgan tanlov taklifini va biznes-rejani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya tanlov gʻolibini aniqlaydi.
14. Eng jozibali tanlov taklifini taqdim etgan va uni amalga oshirish uchun real moliyaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
15. Tanlov gʻolibi Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan aniqlanadi, ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
16. Tanlov gʻolibini tanlash toʻgʻrisida Komissiya tomonidan qaror qabul qilinishi uchun tanlovda uning aʼzolarining kamida 75 foizi hozir boʻlishi kerak.
17. Agar tanlovda bitta qatnashchi ishtirok etsa, tanlov boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi. Komissiya talabgor tomonidan taqdim etilgan tanlov taklifini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha sotuv obyektini yagona talabgorga sotish imkoniyatini koʻrib chiqishga haqlidir.
18. Sotuvchi Komissiyaning qarori asosida tanlov gʻolibi bilan investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan obyektni bepul berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Agar sotuvchi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi amalga oshirsa, shartnomaning bir nusxasi hisobga qoʻyish, nazorat va monitoring olib borish uchun Davlat mulki qoʻmitasiga yuboriladi.
19. Shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
shartnoma mavzusi;
investitsiya majburiyatlari hajmi, turlari va uni bajarish jadvali;
yetkazib berilayotgan asbob-uskunalarning texnik shartlari va tavsifi (agar bu nazarda tutilgan boʻlsa);
mulkchilik huquqini berish tartibi, obyektga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish shartlari va muddatlari;
sotuv obyekti mol-mulki saqlanishi uchun javobgarlik;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida Sotuvchiga hisobot taqdim etish muddatlari va tartibi;
nizolarni hal etish tartibi.
Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnomada boshqa shartlar ham aks ettirilishi mumkin.
20. Agar tanlov oʻtkazish yakunlari boʻyicha sotuv obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi, bunda tanlov komissiyasi tomonidan tanlovni takroriy oʻtkazish sanasi tayinlanadi, biroq ushbu sana tanlovni koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab kamida 2 oy boʻlishi kerak.
201. Xorijiy investordan investitsiya majburiyatlarini qabul qilish boʻyicha aniq takliflar tushganda Komissiya:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarni xorijiy investorlarga “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish uchun aniqlaydi;
buyurtmanomani kelgusida samarali faoliyat koʻrsatish, shuningdek modernizatsiya qilish hamda obyektning toʻlov qobiliyatini tiklash va uni barqaror rivojlantirish uchun investitsiyalarning yetarliligi va asoslanganligi yuzasidan koʻrib chiqadi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish uchun obyektni aniq investitsiya majburiyatlari ostida xorijiy investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan xorijiy investorga “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Sotuvchi Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori asosida tegishli buyruq chiqaradi va buyruq chiqqan paytdan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida xorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.
Xorijiy investorlardan bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq buyurtmanomalar tushgan taqdirda quyidagi mezonlardan:
ishlab chiqarishning samaradorligidan (investitsiyalar birligiga qoʻshilgan qiymat);
tashkil etiladigan ish oʻrinlari sonidan;
kiritiladigan investitsiyalar summasidan kelib chiqib eng foydali taklifni bergan investor gʻolib deb eʼtirof etiladi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
IV. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini berish tartibi
21. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarni yangi mulkdorga berish balans (qoldiq) qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 192-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 385-modda)
22. Davlat korxonalarini investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin ushbu korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi;
23. Shartnoma shartlariga muvofiq investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganidan va investitsiya majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisida Sotuvchiga hisobot taqdim etilgandan keyin sotish obyektiga mulkchilik huquqi investorga oʻtadi.
24. Investitsiya majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotda:
toʻlov topshirigʻi nusxalari, yuklarning bojxona deklaratsiyalari, solishtirish dalolatnomalari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, oʻrnatish dalolatnomalari, asbob-uskunalarning texnik holati koʻrsatilgan holda ularni ishga tushirish dalolatnomalari;
(24-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 192-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 385-modda)
investitsiya dasturi (loyiha) bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan hisobot taqdim etish sanasida ularda nazarda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy parametrlar;
obyekt sotilgungacha va hisobot taqdim etilishi paytida obyektning moliyaviy-iqtisodiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
25. Investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar investor Sotuvchi bilan:
qiymati unga berilgan obyekt qoldiq balans qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlgan mol-mulkni sotish bilan bogʻliq bitishuvlar tuzish;
korxonaning taʼsis hujjatlariga muassislarning oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish masalalarini kelishishi shart.
26. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishi munosabati boʻyicha Sotuvchi investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etadi.
27. Investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya Sotuvchining buyrugʻi bilan tashkil etiladi va kamida 5 kishidan iborat boʻladi. Komissiya tarkibiga kelishuv boʻyicha moliyaviy va iqtisodiy organlar xodimlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki ularning hududiy boʻlinmalarining mutaxassislari), manfaatdor banklar, tarmoq uyushmalari, konsernlari, korporatsiyalari va tegishli hokimliklarning xodimlari jalb etilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
28. Komissiya ishlari yakunlari boʻyicha protokol tuziladi, uning asosida Sotuvchi investorning sotilgan obyektga boʻlgan mulk huquqini (orderni) belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 192-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 385-modda)
V. Investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun investorlarning javobgarligi
29. Shartnoma majburiyatlari va investitsiya majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda Sotuvchi investorga oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmaganligi toʻgʻrisida rasmiy taqdimnoma yuboradi.
Oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmasa, Sotuvchi tomonidan rasmiy taqdimnoma kiritilgandan soʻng obyektni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda obyekt mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroran sotuvga qoʻyilishi kerak.
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berishga moʻljallangan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari
Roʻyxati
№
Korxonaning nomi va qaysi tarmoqqa mansubligi
Joylashgan joyi
Faoliyatining asosiy turi, ishlab chiqariladigan mahsulot
Xodimlar soni (nafar)
Asosiy fondlarning balans qiymati (ming soʻm)
Asosiy fondlarning eskirishi % larda
Sotuvga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot
Zarar (-) yoki foyda (+) summasi (ming soʻm)
Aylanma aktivlar (ming soʻm)
Kreditorlik qarzlar (ming soʻm)
Moliyaviy-iqtisodiy holati (zarar koʻrib ishlovchi, past rentabelli, toʻlovga qobiliyatli emas va iqtisodiy nochor)
baholangandan keyingi boshlangʻich narxi (ming soʻm)
narx pasaytirilgandan keyingi oxirgi narxi
hammasi
debitorlik qarzlar
hammasi
undan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar
hammasi
shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar
hammasi
shu jumladan:
budjet boʻyicha
budjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha
ish haqi boʻyicha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi
_________________ (imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
____________ (imzo)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berishga moʻljallangan past likvidli obyektlar
baholangandan keyingi boshlangʻich narxi (ming soʻm)
narx pasaytirilgandan keyingi oxirgi narxi (ming soʻm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi
__________________________ (imzo)
*) Obyektning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va uning texnik holati (poydevori, devorlari, tomi va hokazolar), maydoni, kubaturasi, necha qavat ekanligi, egallab turilgan yer uchastkasi maydoni.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)