Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.11.2022
 LexUZ sharhi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, jangovar tayyorgarlik samaradorligi va qo‘shinlarning jangovar shayligini, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, shuningdek har tomonlama yetuk, Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash, Qurolli Kuchlar, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlarini armiya maktabini o‘tagan mard va vatanparvar kadrlar bilan to‘ldirish, buning uchun puxta tayyorgarlik ko‘rgan rezerv barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 328-modda)
4. Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S.S. G‘ulomov) bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga o‘qishga kirishda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar beriladigan ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)