Hujjat 18.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASINING
Qarori
Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarida xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar sonini maqbullashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
1. Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-avgust,
16-Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-avgust,
4-son
Adliya vaziri N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-avgust,
5-son
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-avgust,
17-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2014-yil 12-avgustdagi 16-Q/Q, 54, 5, 17-Q/Q-sonli qaroriga
ILOVA
Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish
SHARTLARI
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Lavozim nomi

Lavozim meʼyorlari va ularni kiritish shartlari¹

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

1.

Xizmat koʻrsatuvchi avtotransport haydovchisi

2 smena — respublika miqyosidagi tashkilot rahbariga;

1,5 smena — boshqa xizmat koʻrsatuvchi yengil avtomobillariga

2.

Hovli supuruvchi

1 nafar xodim 2,5 ming kv metr yigʻishtiriladigan hududga

3.

Bogʻbon

1 nafar xodim 2,5 ming kv metr maydondagi bogʻ va manzarali oʻsimliklar ekilgan hudud uchun

4.

Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralari xonalari farroshi

1 nafar xodim 800 kv metr yigʻishtiriladigan hudud uchun

5.

Sud xonalarining farroshi

1 nafar xodim 800 kv metr yigʻishtiriladigan hudud uchun, sud majlislar zalidan tashqari;

1 nafar xodim 450 kv metrga sud majlislar zali va yoʻlaklar bir necha bor yigʻishtirilganida

6.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi2

1 nafar xodim tashkilot uchun

7.

Binoga joriy xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi ishchisi³

10 dan 50 gacha nafar xodimi boʻlgan tashkilotlarda 0,5 nafar xodim;

50 va undan ortiq xodimlari boʻlgan tashkilotlarda 1 nafar xodim

8.

Qorovul

3 nafar xodim binoni qoʻriqlash signalizatsiya uskunalari oʻrnatilmagan holda hamda ichki ishlar idoralarining qoʻriqlash xizmati boʻlinmasi yoki boshqa maxsus tashkilot tomonidan amalga oshirilmagan holda

9.

Boshqa xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

Tashkilotning xususiyatiga koʻra mehnat va moliya organlari bilan kelishilgan holda kiritiladi

Texnik xodimlar

1.

Arxivarius

1 nafar xodim har bir sudga

2.

Sudlarda ish yurituvchi

Respublika va viloyat miqyosidagi boshqaruv xodimlari soni 50 nafardan kam boʻlgan tashkilotlarda 1 nafar xodim, 50 va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarda — 2 nafar xodim

3.

Prokuratura organlarida ish yurituvchi

Respublika va viloyat miqyosidagi har 25 nafar boshqaruv xodimlari soniga 1 nafar ish yurituvchisi;

Shahar va tuman prokuraturasida (Departamentning shahar va tuman boʻlimida) 1 nafar xodim

4.

Kompyuterlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik4

1 nafar xodim respublika va viloyat miqyosidagi korporativ tizimi yoki davlat portalinig maʼlumotlar bazasiga bogʻlangan holda

5.

Bino komendanti 5

1 nafar xodim Respublika va viloyat miqyosidagi alohida turgan tashkilotning maʼmuriy binosi uchun

6.

Xoʻjalik mudiri

1 nafar xodim “bino komendanti” lavozimi boʻlmagan holda

7.

Boshqa texnik xodimlar lavozimi

Tashkilotning xususiyatiga koʻra mehnat va moliya organlari bilan kelishilgan holda kiritiladi

1 Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning lavozimlari kiritilishi mavjud boʻlgan sharoitlarga koʻra, ish vaqtida toʻliq band boʻlgan holda amalga oshiriladi.
2 Tashkilot shtatidagi xodim ruxsatnomalar byurosi navbatchisi sifatida xizmat koʻrsatgan holda, ushbu lavozim kiritiladi.
3 Bino ijaraga olingan holda, ushbu lavozim moliya organlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
4 Murakkab axborot-kommunikatsiya uskunalari mavjud boʻlganida, shu jumladan video-konferensiya oʻtkazish uchun, moliya organlari bilan kelishilgan holda “Tizimni boshqarish va xizmat koʻrsatish muhandisi” lavozimiga oʻzgartirilishi mumkin.
5 Tashkilotning ixtiyoriga koʻra “Komendant” lavozimi “Xoʻjalik mudiriga” oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.