Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.03.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA MUASSASALARI VA SUDLARNI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-sonli “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandida:
uchinchi xatboshidan “notariat” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“notarial ishlarni amalga oshirganlik uchun davlat notariuslari tomonidan undiriladigan davlat bojining 15 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
notarial ishlarni amalga oshirganlik va shartnoma asosida ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovdan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning ajratmalari”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-fevral,
114-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 44-modda)