|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat boʻyicha memorandum doirasida erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarish hamda valyuta bozorining samarali faoliyat koʻrsatishi va kengaytirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻz idoraviy meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga
2-ILOVA
2002-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 159-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
1-ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilova 28-bandining ikkinchi xatboshi va 32-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 1-son, 7-modda; 20-son 159-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)