Hujjat 14.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan kadastr hujjatlarini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish va rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yil 1-avgustdan boshlab, quyidagi davlat xizmatlari yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan bepul amalga oshiriladi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish, jumladan begonalashtirilayotgan yoxud meros boʻyicha oʻtayotgan bino va inshootlarning amaldagi tarkibini va holatini aniqlashtirish maqsadida ularni naturada oʻrganish;
shaxsiy turar joy mavjudligi (yoʻqligi) toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga
ILOVA
Kadastr hujjatlarini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish va rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash
tartibi

T/R

Davlat xizmatlari nomi

Ishlar narxlari

I. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish

1.1.

Umumiy maydoni 100 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk

Eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

1.2.

Umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk

Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining

1 foizi miqdorida

1.3.

Umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk

Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida

1.4.

Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk

Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida

1.5.

Umumiy maydoni 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk

Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida

1.6.

Umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk

Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida

II. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish

2.1.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining

1 foizi miqdorida

III. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning yakka tartibdagi turar joyga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish

3.1.

Yakka tartibdagi turar joy

Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining

1 foizi miqdorida

3.2.

Qishloq joylardagi maydoni 100 kv.m. dan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi turar joy

Eng kam oylik ish haqining

1 baravari miqdorida

IV. Boʻsh yer uchastkalariga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda ularni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish

4.1.

Yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

4.2.

Noturar joy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

4.3.

Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi

Eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

Izohlar:
Umumiy maydonni aniqlashda ularning huquqiy maqomidan qatʼi nazar, inventarizatsiyadan oʻtkazilayotgan yer uchastkasida joylashgan barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi.
Bino va inshootlar begonalashtirilayotganda koʻchmas mulk obyekti joylashgan yer uchastkasini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazganlik va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 344-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/663/1765-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son; 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son; 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/610/0899-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.08.2023-y., 09/23/380/0611-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.03.2026-y., 09/26/104/0248-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)