|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.01.1997
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIK FANLARI AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ilmiy kuchlarni jamlash va muvofiqlashtirishni ta’minlash, dehqonchilik-sanoat majmuining ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash maqsadida:
1. 1991-yilning 1-iyuldan V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xo‘jalik akademiyasi O‘rta Osiyo bo‘limi hamda respublikada joylashgan dehqonchilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq I.H.Jo‘rabekov) mazkur Farmonni bajarishga oid tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 11-iyun,
PF-218-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 138-modda)