Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi Boshqaruvining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi Boshqaruvining tarkibi tasdiqlansin.
Jamg‘arma Boshqaruvining tarkibidagi shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar Boshqaruv tarkibiga kiritilishi belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF––3272-sonli Farmonining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-iyul,
PF-3463-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 6-7-son, 131-modda)