Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunlarini koʻchirish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2010-yil 28-avgust shanba va 29-avgust yakshanba dam olish kunlari 2010-yil 30-avgust dushanba va 31-avgust seshanba kunlariga koʻchirilsin.
28-avgust shanba va 29-avgust yakshanba kunlari ish kunlari deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-avgust,
PQ-1391-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 8-son, 325-modda)