|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-iyul,
PQ-133-son