|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATINING 1991-YILDA TABIIY OFATLARDAN ZARAR KOʻRGAN PAXTAKOR XOʻJALIKLARINING IQTISODIYOTINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QOʻShIMChA TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy ofatlar sababli bu yilgi paxta tayyorlash topshiriqlarini bajarmagan paxtakor kolxozlari, sovxozlari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari iqtisodiyotini mustahkamlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati ijroiya komiteti Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida 1991-yilning aprel—may oylarida tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan paxtakor xoʻjaliklar aniqlansin va ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlansin.
2. Ana shu xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 30-sentabrdagi Farmoni asosida tasdiqlangan tartibga muvofiq 1991-yilgi paxta hosilidan ishlab chiqilgan paxta tolasi amaldagi hajmining 5 foizigacha oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-dekabr,
PF-300-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 14-modda)