Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.08.1994
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari haqida”gi 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga qisman oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 403-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
SSJI Prezidentining “Chakana narxlar oshganligi munosabati bilan aholi koʻrgan zararning oʻrnini qoplashga oid qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida” 1991-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari haqida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar assortimentidagi mollar va maktab kiyim-kechaklari narxlarining oshganligi munosabati bilan bolali va oʻquvchi yoshlari boʻlgan oilalarga bir yil hisobiga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya toʻlovlari joriy etilsin:
a) 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 400 soʻm;
b) 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 440 soʻm;
v) 13 yoshdan katta boʻlgan kunduzgi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun — 530 soʻm;
g) Hukumat qaroriga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan taʼminlanmagan hunar-texnika bilim yurtlarining oʻquvchilari uchun — 530 soʻm;
d) 13 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun:
texnikum va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun stipendiya bilan birga — 280 soʻm;
ishlayotgan, mehnat daftarchalari boʻlgan yoshlar uchun ish haqi bilan birga — 280 soʻm;
nogironlik boʻyicha pensiya yoki nafaqa olayotgan yoshlar uchun, turar joylaridagi tegishli organlar orqali — 280 soʻm.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar yilning har choragida teng miqdorda berib borilsin”.
2) 14-banddagi “v” kichik bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bolalar va maktab assortimenti buyumlarining ancha qimmatlashganligi munosabati bilan bolali va oʻquvchi yoshlari boʻlgan oilalarga toʻlovlar”.
II. Mazkur qarorda koʻzda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarining yangi miqdorlari va boshqa oʻzgartishlar 1991-yilning ikkinchi yarmidan boshlab kuchga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-avgust,
222-son