Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
FUQAROLIK, OILAVIY VA JINOIY ISHLAR BOʻYICHA HUQUQIY YORDAM VA HUQUQIY MUNOSABATLAR TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ratifikatsiya kilish uchun taqdim etilgan 1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
825-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 209-modda)