Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA BANK XIZMATINI TAKOMILLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ularga bank xizmatini yaxshilash, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar oʻz xohishlariga koʻra bir yoki bir qancha bank muassasalarida soʻm va xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlariga ega boʻlishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-martdagi PF-2241-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 66-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki bir hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyul,
PF-1819-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 185-modda; 1999-y., 3-son, 66-modda)