Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Hujjat 11.11.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza;
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi yoki rad etadi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida sug‘urtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnoma bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish niyatida bo‘lgan qayta tashkil etishni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va qayta tashkil etishni sodir etish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish to‘g‘risida ariza;
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishadi yoki rad etadi. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish yoki uni rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida sug‘urtalovchiga joylashtirishni kelishishga ruxsatnoma bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun kelishish niyatida bo‘lgan sug‘urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga joylashtirishni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishishga majbur. Vakolatli organ tomonidan sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishish amalga oshirilgunga qadar qabul qilingan sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishishga tenglashtiriladi va sug‘urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlariga joylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ deb ataladi)tomonidan amalga oshiriladi hamda sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” degan yozuvni kiritish, kelishish sanasini ko‘rsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risidagi ariza;
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 6-moddasida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda chora-tadbirlar kompleksini kelishadi yoki rad etadi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki uni rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida chora-tadbirlar kompleksini bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun kelishish niyatida bo‘lgan chora-tadbirlar kompleksini sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishga majburdir. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi olingunga qadar qabul qilingan sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga tenglashtiriladi va sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga asosan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi hamda ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatining yuqoridagi chap burchagiga “KELIShILGAN” yozuvini kiritish, kelishish sanasini ko‘rsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash orqali rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan shakl bo‘yicha ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish haqidagi ariza;
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni sug‘urtalovchilardan talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Vakolatli organ ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish haqidagi arizani ko‘rib chiqadi, mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilgan sanadan o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishadi yoki kelishishni rad etadi. Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
11. Agar vakolatli organ sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida uni berish yoki berishni rad etishda sug‘urtalovchiga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini bermasa yoki uni berishni rad etsa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tugashi bilan sug‘urtalovchi, kelishishni olish ko‘zda tutilgan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasini olgach besh ish kuni mobaynida unga kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini berishi shart. Kelishilgan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini olgunga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma ogohlantirish tadbirlarining kelishilgan ro‘yxatiga tenglashtiriladi va ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.