|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.05.2016
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-sonli “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalarida” soʻzlaridan keyin “(oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomning I boʻlimiga quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
“51. Oliy taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish mazkur muassasalar tomonidan amalga oshirilganda ularga nisbatan ushbu Nizomning 6—22-bandlari qoidalari tatbiq etilmaydi”.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-noyabr,
297-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 591-modda)