Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.02.2000
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
RESPUBLIKA O‘RMON XO‘JALIGINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 7-fevraldagi PF-2536-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika o‘rmon xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish, o‘rmonlarning tabiatini muhofaza qilish va yerlarni tubdan yaxshilash sohasidagi ahamiyatini oshirish, shuningdek, o‘rmonzor yerlardan oqilona foydalanish maqsadida:
1. “Uzbekles” Ittifoq-respublika o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston SSR Davlat o‘rmon komitetiga aylantirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov) respublika o‘rmon xo‘jaligi samaradorligini oshirish masalalariga doir qaror loyihasini tayyorlasin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-apreldagi 115-son “Jumhuriyat o‘rmon xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish haqida” va 1991-yil 17-iyuldagi 192-son “O‘zbekiston SSJ davlat o‘rmon qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga qarang.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-fevral,
PF-144-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 98-modda)