|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON SUV XOʻJALIGI QURILISHI DAVLAT KONSERNI (“OʻZSUVQURILISH”)NI TUGATISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1998 — 2000-yillarda qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturiga muvofiq, shuningdek kapital qurilishda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:
1. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
3. “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 18-noyabrdagi PF-497-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-iyun,
PF-2645-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 183-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)