|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2118-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 1-iyuldagi 121-sonli “Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3277, 01.07.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 18-iyundagi 191-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 26-27-son, 219-modda) 2-bandidagi “imtiyozli shartlar va bepul retseptlar bo‘yicha” degan so‘zlar “shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Dori-Darmon” AK bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-sentabr,
327-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 26-sentabr
“Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi v. v. b. M. FAYZIYEV
2013-yil 26-sentabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 40-son, 538-modda)