Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BOShOQLI DON EKINLARINING XARID NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 12-apreldagi PF-820-son “Boshoqli don ekinlarini xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 30-noyabrdagi PF-691-son Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqidagi” Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moddiy-texnika va energetika resurslariga oshib ketgan xarajatlarni qoplash hamda jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklarini, ijara, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarni, shuningdek qishloq aholisini boshoqli don ekinlarining maydonlarini kengaytirishga va yalpi hosilini koʻpaytirishga ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 1994-yil hosilidan boshlab boshoqli don ekinlarining xarid narxlari oʻrta hisobda 1 tonna bugʻdoy uchun — 120 ming soʻm, arpa —96 ming soʻm, suli — 96 ming soʻm va javdar — 115 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi yangi xarid narxlarning preyskurantlarini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-noyabr,
PF-691-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 11-12-son, 394-modda)