|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON IFTIXORI” FAXRIY UNVONINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jahon chempionatlarida, Olimpiya oʻyinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida yuksak sport natijalariga erishgan hamda oʻz yutuqlari bilan Vatan obroʻsini, shoni va shuhratini ulugʻlashga koʻmaklashgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” Qonuni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-avgust,
PF-2069-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 8-son, 147-modda)