|
Hujjat 02.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH BOʻYICHA TAKLIFLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom koʻrsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi boʻlgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos oʻrnini yana bir bor eʼtirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, sanʼat, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarga eʼtiqodining yuksalishi yoʻlidagi ibratli faoliyati, keng koʻlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Meʼmorlar uyushmalari, “Oltin meros”, “Kamolot”, “Umid”, “Ulugʻbek”, “Navroʻz” jamgʻarmalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga bittadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim olayotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshirish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari boʻlgan maktab, litsey, kollej oʻquvchilari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Maʼnaviyat va maʼrifat”jamoatchilik markazi va boshqa tegishli jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan koʻkrak nishoni hamda diplomi namunasi tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi.
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatishi hamda unga qoʻmita raisi rahbarlik qilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Davlat mukofotini berish, koʻkrak nishoni va diplomini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga davlat budjetidan tegishli mablagʻ ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mukofot komissiyasi keng jamoatchilik fikrini atroflicha oʻrganib, talabgorlar faoliyatini har tomonlama muhokama qilib chiqargan xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan berilishi belgilab qoʻyilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 10-iyun,
PF-2326-son
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulqi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim olayotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshirish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga jami 14 ta beriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 2-fevraldagi PF-3717-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorning soʻngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi respublika xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijodiy, ilmiy va taʼlim muassasalari yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishga nomzod koʻrsatish boʻyicha takliflar kiritish, shuningdek, tavsiya etilgan ishlarga doir oʻz fikr-mulohazalarini mukofot komissiyasiga maʼlum qilish huquqiga egadirlar.
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar faoliyati va asarlari muhokamasini tashkil qilish, shuningdek, zarur materiallarni oʻz vaqtida taqdim etish tegishli vazirliklar, kompaniyalar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan talablar bajarilmagan taqdirda komissiya ishlarni koʻrib chiqishni rad etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlarini berishga doir takliflar toʻgʻrisidagi qaror komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirokida, yashirin ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshiriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorining faxriy nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (bundan keyin “Komissiya” deb ataladi) adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari hamda madaniyat muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har toʻrt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda tasdiqlanadi. Mazkur komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Komissiya ishiga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Komissiyaga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish boʻyicha takliflarni ushbu mukofot toʻgʻrisidagi Nizomga qatʼiy muvofiq holda koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori uchun zarur boʻlgan takliflarni tayyorlashga doir barcha ishlar yuklanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
4. Komissiya:
a) Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qiladi;
b) talabgorlar roʻyxati, ularning ibratli faoliyatlari, asarlari haqidagi maʼlumotlarni tavsiya etgan tashkilotlarni koʻrsatgan holda, mukofot berilishidan ikki oy oldin respublika ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
v) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarining jamoatchilik tomonidan keng va oshkora muhokama qilinishini tashkil etadi, ularning jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan xolisona baholanishiga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Davlat mukofoti yuzasidan tushgan takliflarni oʻrganib chiqib, mukofotlarni berish toʻgʻrisidagi qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etadi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
d) Davlat mukofoti sovrindori yorliqlarini, faxriy nishonlarini rasmiylashtiradi xamda ularni topshirishni tashkil etadi, shuningdek, mukofotlar pulini toʻlashni amalga oshiradi.
5. Komissiyaga quyidagi huquqlar beriladi:
a) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarini oldindan koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun pul toʻlash yoʻli bilan mutaxassis-ekspertlarni taklif etish;
b) Davlat mukofotini olishga tavsiya etilgan talabgorlarning ibratli faoliyatlari va ijodiy ishlariga doir materiallarni tegishli tashkilotlarga ekspertlarning koʻrib chiqishi uchun yuborish;
v) mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va ijodi bilan joylarda tanishish uchun komissiya aʼzolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga yuborish.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 151-modda; , 2000-y., 9-10-son, 275-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 22-modda; 2013-y., 4-son, 43-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; 07.02.2024-y., 06/24/34/0107-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)