Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
NARX-NAVONING ISLOH QILIniShI MUNOSABATI BILAN UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING OʻQUVChILARIGA UMUMIY OVQATLANISh BOʻYIChA IMTIYOZLARNING BERILIShI XUSUSIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narxi oshishi munosabati bilan umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari, yosh avlod uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:
1. Maktab oshxonalariga va bufetlarida nonushta va tushlik uchun beriladigan oziq-ovqatlar narxi shu yilning 2-apreliga qadar belgilangan narxda qoldirilsin.
2. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, Oʻzbekiston SSR Davlat suv xoʻjaligi qurilishi komiteti, V.I. Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimi, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya komitetlari va Toshkent shahar ijroiya komitetiga qishloq umumtaʼlim maktablariga kolxoz va sovxozlar tomonidan ajratiladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ularning tayyorlov rejalariga kiritish yuklatilsin.
Oʻzbekiston SSR Iqtisodiyot komiteti va Oʻzbekiston SSR Davlat hisob komitetiga bunday mahsulotlarni hisobga olish tartibini aniqlash topshirilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Savdo vazirligi, “Oʻzbekbirlashuv”, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya komitetlari, Toshkent shahar ijroiya komitetiga hamda davlat va kooperativ muassasalari hamda xoʻjaliklarga maktablarning oshxonalari va bufetlarini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash topshirilsin.
4. Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya komitetlari hamda Toshkent shahar ijroiya komitetiga oʻquvchilar ovqatlanishining tashkil etilishini nazorat qilish, maktab oshxonalari va bufetlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ulardagi oʻrinlarni koʻpaytirish topshirilsin.
5. Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligiga maktablarning oshxonalari va bufetlari uchun sarf etiladigan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash imkoniyatini topish hamda Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi, Savdo vazirliklari, “Oʻzbekbirlashuv” bilan birgalikda narxlar orasidagi farqlarni qoplash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 16-aprel,
PF-199-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 116-modda)