|
Hujjat 25.07.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 382-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ–700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 40-son, 413-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2008-yil 4-martdagi 91-son “Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1784, 2008-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 107-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2009-yil 9-oktabrdagi 299-son “Qon bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1784-1, 2009-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 471-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 28-yanvardagi 16 son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r. |
Tibbiy asbob-anjomlar va buyumlar nomi |
| 1. | Milk elektrodlari* |
| 2. | Oʻt yoʻllarini drenajlash uchun naychalar |
| 3. | Oddiy drenaj naychalar |
| 4. | Nafas filtrlari |
| 5. | Nafas shlanglari* |
| 6. | Blekmor zondlari |
| 7. | Oshqozon zondlari |
| 8. | Ichak intubatsiyasi uchun Ebbot naychalari |
| 9. | Koronarografiya uchun kateterlar |
| 10. | Siydik kateterlari |
| 11. | Turli xildagi kateterlar (periferik vena, yoʻnaltiruvchi va boshqalar), angiokatlar |
| 12. | Endoxirurgiya uchun klipsalar (upakovka) |
| 13. | Qolip olish uchun plastmassa qoshiqlar |
| 14. | Stomatologik koʻrish nabori (plastik) |
| 15. | Ginekologik koʻrish nabori, vaginal oyna (plastik) |
| 16. | Koronar oʻtkazgichlar |
| 17. | Joʻmraklar (sarflov materiallari) |
| 18. | Anesteziya qilish uchun nabor (spinal) |
| 19. | Transdermal (teri orqali) drenajlash uchun toʻplam |
| 20. | Plazmafiltrlar |
| 21. | Barcha turdagi pulpaekstraktorlar |
| 22. | Rimerlar (ildiz kanallariga ishlov berish uchun)* |
| 23. | Qon tayyorlash uchun shisha idishlar |
| 24. | Nafas yoʻllari sanatorlari |
| 25. | Skarifikatorlar |
| 26. | Stomatologik karpul ignalari |
| 27. | Fayllar (ildiz kanallariga ishlov berish uchun)* |
| 28. | Endotraxeal trubkalar oʻtkazgich bilan |
| 29. | Koʻp marotaba qoʻllaniladigan shpritslar |
| 30. | Dializator** |
| 31. | Arterial qon oʻtkazuvchi magistral** |
| 32. | Vena qon oʻtkazuvchi magistral** |
| 33. | Arterial dializ ignasi** |
| 34. | Vena dializ ignasi** |
| 35. | Dializ kateteri** |
|
36. |
Steril tibbiy rezina qoʻlqoplar |
|
37. |
Nosteril tibbiy rezina qoʻlqoplar |
* oʻrnatilgan tartibda sterilizatsiya (bugʻ va quruq havo yordamida sterilizatsiya qilishdan tashqari) qoidalariga rioya qilgan holda qayta ishlatish mumkin.
** har bir bemor uchun individual ishlatiladi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 15-iyuldagi 61-sonli (roʻyxat raqami 2422-1, 19.07.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 354-modda)
Keyingi tahrirga qarang.