Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Hujjat 01.03.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH VA OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining quyidagi Farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
1. Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktabrdagi PF-2084-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik tijorat banki toʻgʻrisida Nizom”ga:
4-banddagi “ustav kapitalining 35 foizidan” soʻzlari “qonunchilikda belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36-bandning 1-xatboshidagi “yigirma foizi yoki undan koʻprogʻiga” soʻzlari “qonunchilikda belgilanganidan ortiq miqdoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining 1997-yil 17-iyuldagi “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga bank xizmatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon 1-bandining uchinchi xatboshi bekor qilinsin.
II. Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bank xizmatini tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 19-maydagi PF-1782-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 1-mart,
PF-2241-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 66-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)